Marmelad

Marmelad (Frans. marmelade, por-tugalcha marmelo — behi) — jele- Simon shirinlik; rezavor-meva aralash- Mali pyure, shakar, patoka, agar (yoki Pek- tin), oziq-ovqat kislotalari, xushbo’y va bo’yoq moddalari qo’shib qaynatib tayyor- lanadi. Mevali va jeleli xillari bor. Mevali M. meva, asosan, olma pyuresini shakar va qiyomga qo’shib qaynatib tayyor- lanadi. Masalliq vakuum-apparatda yoki ochiq qozonda pishiriladi, pishishiga 1-2 min. kolganda unga qiyom qo’shiladi. Hosil bo’lgan massaga tegishli kislota, bo’yoq moddalari, efir moylari va Essen- tsiya qo’shiladi. Massani yaxshilab ara- lashtirib, qoliplarga quyiladi; massa 30-45 min.da qotadi, so’ngra namligi 22-25% bo’lguncha quritiladi. Jele- li M. tarkibida jele hosil qiluvchi o’simlik moddalar (mas, agar) bo’ladi. Shakddor qoliplarga quyiladi.