MATEMATIK O’YINLAR VA ERMAKLAR

MATEMATIK O’YINLAR VA ERMAKLAR — matematik tax- lil, topqirlik, o’tkir zehnlilik talab qiladigan topshiriq yoki boshqotirmalar. Predmetli (Rubik kub- chasi), yozibchizib (qalamni qog’ozdan uz- may shakl chizish) yoki og’zaki o’ynaladigan turlari mavjud. Faqat bir taraf kat- na-shadigan topshiriqlarni matema- tik ermaklar, ikki yoki undan ortiq ta- raf qatnashadiganlarni esa matematik o’yinlar deb yuritish maqsadga muvofiq. M. o’. va e. bolalarning akliy qobiliyatlarini o’stirish, kattalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’quv qurollari sifatida ahamiyatga ega. Namu- nalari qadim zamonlardan ma’lum. Xalq orasida tarqalgan toshchalar, soqqalar b-n o’ynalgan sodda o’yinlarni takomil- lashtirish natijasida shaxmat, shashka, nard, domino va b. paydo bo’lgan. Tan- gram (Xitoy) (1rasm), go (Yaponiya) kabi o’yin va ermaklar ko’p asrlik tarixga ega. Amir Temur saro-yida shaxmatning bir necha turi o’ynalgani ma’lum. 19-a.dan M. o’. va e. ixtiro qilina boshlagan. Ayniqsa, «15» o’yini deb ata- ladigan o’yin mashhur bo’lgan. Bu o’yinda 4×4 o’lchamli katakdagi raqamlangan 15 ta soqqani 1 ta bo’sh katakka surish yo’li b-n batartib terib chiqish talab etiladi (2rasm). 20-a.ning so’nggi choragida Ven- griyalik ixtirochi E. Rubikning 6 rangli kubchasi keng tarqaldi. Unda kubchaning yoqlarini markazi atrofida aylanti- rib, hamma yog’i bir xil rangda bo’ladigan holatga keltirish talab etiladi. E. Ru- Bik yana 10 dan ortiq boshqotirma ixtiro qilgan. Bugungi kunda M. o’. va e. ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biriga aylanib, boshqotirmalar bo’yicha jahon chempi-onatlari o’tkazila boshladi. M. o’. va e. matematika vositasi- da tahlil qilinadi. Bunda qo’yilgan maqsadga olib boradigan yurishlarni aniqlash uchun strategiya tushunchasi ki- ritiladi. Strategiya — o’yinda uchrashi mumkin bo’lgan har bir vaziyat aniq bir yurishni ko’rsatuvchi qoida(algoritm) dir. Mas, «nim» o’yinida xontaxta usti- dagi gugurt cho’plaridan 2 o’yinchi navbat b-n oladi. Har bir yurishda kamida 1 ta, kupi b-n 5 ta cho’p olish mumkin. Agar dastlabki cho’plar soni 6 ga bo’linmasa, 1-o’yinchi har doim yuta oladi. Buning uchun u har bir yurishda shuncha mikdor- da cho’p olishi kerakki, natijada xontax- ta ustida 6 ga karrali mikdorda cho’plar qolsin. Rubik kubchasi, Xanoy minorasi kabi o’yinlar gruppalar nazariyasi, re- Kursiya kabi vositalar orqali chuqur ma- tematik tahlil talab etishi mumkin. Strategiya tushunchasi mohiyatan kompyuter uchun o’yin dasturi tuzish b-n bir tabiatlidir. Xususan, shaxmat o’ynaydigan kompyuterlar muayyan stra- tegiya b-n ta’minlanadi. Ad.: Gardner M ., Matematicheskie golovolomki i Razvlecheniya Per. s angl., M., 1971; Gardner M., Matematicheskie dosugi, Per. s angl., M., 1972; Oqilov R., Sanamay sakkiz dema (qiziqarli matema- tika) T., 1972.