Ma’mun
Ma’mun (786-833, Tarsus sh.) -AB- bosiylar sulolasidan bo’lgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi. Xalifa Horun arrashidnnng o’g’li. M. otasining vaziri Ja’far ibn Yahyo tar- biyasini olib, kamol topgan. M. Xuroson viloyati ( markazi — Marv sh.) noibi (809-819). 813 y.da akasi al-Amin b-n taxt uchun bo’lgan jangda g’olib chiqib, Bag’dod xalifaligi uning ixtiyoriga o’tadi, ammo Bag’dodga faqat 819 y.da ko’chib o’tgan. M. Movarounnahr va Xu- roson olimlarini o’z saroyida to’play boshlab ularni o’zi b-n Bag’dodga olib ketgan, ular «bayt ul-hikmat» («bilim uyi»)da o’z ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchakla- ridan, O’rta Osiyo va Xuroson (Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al-Javhariy, Ahmad al-Farg’oniy)dan taklif etil- gan allomalar ilmiy mavzularda muno- zaralar olib borishgan. Misrdagi isyon sa Ozarbay-jondagi Bobak qo’zg’oyaonita qarshi kurash olib borgan. M. davri ilm- fanning nihoyatda rivojlangani b-n ajralib turadi. M. riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geogr., falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlar sohasida qator yutuqlarga erishgan, mu’taziliya ta’li- Moti rivojiga ulkan hissa qo’shgan. M. bobosi Mansur, otasi Horun arRashid tomonidan saroyda to’plangan kitoblar sonini ko’paytirgan. Otasi davrida bu kutubxona «bayt ul-hikmat» deb nomlana boshlagan, keyinchalik u ku-tubxonalik doirasidan chiqib, tarjima va ilm Mar- kazi yoki o’ziga xos akademiya vazifasini o’tagan. Ad.: Bulgakov P. G., Rozenfeld B. A., Axmedov A. A., Muxammad al-Xorezmi, M., 1983. Bahrom Abduhalimov.