Mahbus

Mahbus — ehtiyot chorasi tartibi- da qamoqqa olingan shaxs. O’zbekistonda umumiy qoidagi binoan, shaxs ayblanayot- gan jinoyati uchun 3 y. dan, voyaga etmagan bo’lsa, 5 y. dan ziyod ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlash ko’zda tutilgan va unga nisbatan boshka ehtiyot chorala- rini qo’llash imkoni bo’lmagan ayrim hollardagina qamalishi mumkin (JPK, 242modda). M. qamoqda 3 oy saqlanadi. Bu muhlatda ishni tamomlash imko- ni bo’lmasa, qamoq muddati tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat- lar va Toshkent sh. prokurorining rux- sati b-n — 5 oygacha, O’zbekiston Respu- blikasi Bosh prokurori o’rinbosarining ruxsati b-n — 7 oygacha, O’zbekiston Re- spublikasi Bosh prokurorining ruxsati b-n — 9 oygacha, alohida hollarda tergov qilinayotgan ishning o’ta murakkabligini inobatga olib, og’ir va o’ta og’ir jinoyat sodir etishda ayblanayotganlarga nisba- tan bir yilgacha muxdatga uzaytirilishi nazarda tutilgan. Qamoq muddatini yana uzaytirilishiga yo’l qo’yilmaydi (JPK, 245modda). M. dastlabki qamoq joylarida saqlanadi va qonun bo’yicha cheklangan huquqlarga ega. M. unga belgilangan tar- tibda yuborilgan pulni olish, naqd pul to’lamasdan qilinadigan hisobkitob asosida oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni xarid qilish, jinoyat ishiga oid hujjat va yozuvlarni o’z yoni- da saklash, qamokxona kutubxonasidagi kitoblardan foydalanish huquqiga ega; ishini yurita-yotgan tegishli organ yoki shaxsdan ijozat olib, har oy bir marta qarindosh-urug’lari yoki boshqa shaxslar b-n ko’risha oladi; yozishmalarga ham shu tartibda ruxsat etiladi. M. istagan vaqtida advokat b-n xoli uchrashishga haqli. M. surishtiruv, tergov, prokuratu- ra yoki sud organlarining ruxsati hamda o’zining roziligi b-n mehnatga jalb ki- linishi mumkin. Qamoqda qonunga xilof ravishda saklab turilgani tufayli M.ga etkazilgan zarar qoplanadi. M. atamasi ba’zan qamoqda bo’lgan hamma shaxslar- ga, jumladan, sudning hukmi b-n jazo muddatini o’tayotganlarga nisbatan ham ishlatiladi. Yuridik jihatdan bunday shaxslar mahkum deb hisoblanishi lozim. G’afur Abdumajidov.