Mejelaytis Eduardas Benyaminovich
Mejelaytis Eduardas Benyaminovich (1919.3.20, Litva Respublikasi — 1999, Vilnyus) — Litva xalq shoi- ri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943). Ijodi 1935 y.dan boshlangan. Dastlabki sheriy to’plamlari («Liri- ka», 1943; «Vatan shamoli», 1946) Litva xalq qo’shiklari, ertak va afsonalari ruhi b-n sug’orilgan bo’lib, ularda ayni paytda Salomeya Neris lirikasiga xos Xu- susiyatlar sezilib turadi. «Qardoshlik dostoni» (1954) «begona toshlar» (1957), «Yulduzlar etagida» (1959), «Kax- rabodagi quyosh» (1961), «Avtosurat. Avialavhalar» (1962), «Janubiy man- Zara» (1963), «kardiogramma» (1964), «Sozim» (1974) kabi she’riy to’plamlar muallifi. M. bu asarlarida shakily izlanishlarga alohida e’tibor bergan holda voqelikni chuqur falsafiy idrok etish, lirik qahramonning ruhiy olami va mohiyatini murakkab obrazlar silsi- lasida ochishni o’zining asosiy ijodiy tamoyiliga aylantirib bordi. M. «In- son» (1961) she’rlar kitobida o’ziga za- mondosh inson obrazini kosmik kengli- klarni o’zlashtira boshlagan xalqning timsoli, o’zgarib borayotgan jamiyatning to’la qonli egasi sifatidagi obrazini yaratdi. Ushbu asar shu davrda o’zbek she’- riyatida inson obraziga e’tiborning kuchayishi, inson va ezgulik mavzuining katta mavqe kasb etishiga turtki berdi. M. lirik she’riyat b-n birga esse Jan- rida ham samarali ijod qilgan. Uning «Lirik etyudlar» (1964), «non va so’z» (1965), «tungi kapalaklar» (1966), «bu er — Litva» (1968), «Antakolnis ba- rakkosi» (1971), «Monologdar» (1981), «Soz va moybaliq» (1984) kabi kitobla- ridan yoshlik xotiralari, Litva shoirla- rining va o’zining ijodiy tajribalari haqidagi, Litva madaniyati va she’riyat haqidagi o’y-mulohazalari o’rin olgan. «Inson» she’riy to’plami o’zbek tiliga tarjima qilingan (1963). Ad.: Makarov A.N., Eduardas Meje- laytis, M.. 1966.