Manipur

Manipur (meytxeilar) — xalq. Hindistondagi kukuchinlar guruhiga kiruvchi xalq, Manipuri shtatining asosiy aholisini tashkil etadi (1,65 mln., 2001y.). M. tilida so’zlashadi. Ko’pchiligi hinduizm (vishnuizm), shuningdek, xristian va Islom dini- ga e’tiqod qiladi. M.larning asosiy mashg’uloti — deqqonchilik (sholi, tariq), chorvachilik; yuk tashuvchi hayvonlar, echki va cho’chqalar boqiladi. Xo’jalikda baliqchilik, qisman ovchilik katta ahamiyat kasb etadi. Hunarmandchilikda to’quvchilik rivoj topgan. M.lar ip va ipak gazlamalar tay-yorlaydilar, ular- da gilam to’qish mu-him o’rin tutadi. M. xalqi o’z milliy adabiyotiga (bangol al- faviti asosida) va boy folkloriga ega. Ularning raqs san’ati mashhur. Ad.: Narodi Yujnoy Azii, M., 1963; Sda-syuk g. V., Shtati Indii, M., 1981.