MAROSIM QO’SHIQLARI

MAROSIM QO’SHIQLARI – musiqiy folkloruptt asosiy va qad. turlaridan. Turli (mavsum, mehnat, oi- laviy, diniy va b.) marosimlar jarayoni- da ijro etiladigan qo’shiqlar. M. q.ning matni, asosan, xalq to’rtliklari va bayt- laridan iborat bo’lib, shakli band yoki bandnakarot xususi-yatlariga ega bo’ladi. M. q. har bir marosimning ichki g’oyasi va mazmunini she’r va kuy-ohanglarning mushtarakligida badiiy ifodalab, tad- bir qatnashchilarining ruhiy holatiga ta’sir o’tkazadi. O’zbek xalq musiqa ijodida mavsumiy M. q.dan «Boychechak», «Suet xotin», «Lola», «Sumalak», «qo’sh» va b; oilaviy M. q.dan Alla, yor-yor, o’lan, Marsiya kabilar; diniy aytimlardan «Kitobxonlik», «zikr», «Ramazon»; ta- bobat qo’shiklaridan «ko’ch», «dam so- lish» va b. hozirgacha saqlanib kelgan. M. q. ko’pchilik (mas, «Beshqarsak», «naqsh», «Yor-yor»), yakka holda («Alla», «kelin salom») hamda Aytishuv tarzida (lapar va b.) ijro etiladi. Hoz. dav-rda ba’zi M. q. bolalar («oq terakmi, ko’k terak», «yomg’ir yog’aloq» kabilar) yoki davra (mas, «Beshqarsak») o’yinlari sifatida ham ijro etilmoqda.