Marshall (Marshall) Alfred
Marshall (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kem- Brij) — ingliz iqtisodchisi, kem- Brij untining siyosiy iqtisod prof. (1885-1908). Iqtisodiyotdagi neoklas- sik yo’nalishning Kembrij maktabi asoschisi. M. «Siyosiy iqtisod» o’rniga siyosiylashmagan «ekonomike» atamasini kiritdi. U o’z asarlarida xo’jalikning ideal modeli «mukammal raqobat» tu- fayli vujudga kelishi mumkinligini ko’rsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi to’g’risidagi naza- riyalarni 19-a. oxirida keng tarqalgan me’yoriy naflilik (chegaraviy naf) naza- riyasi b-n qo’shishga xarakat qilgan. Unga kura bozor narxi eng yuqori (chegaraviy) naf asosida aniqlanadigan talab nar- XI va eng yuqori xarajatlar b-n topi- ladigan taklif narxi chiziqlarining kesishish nuqgasi («Marshall xochi» deb yuritiladi). Talab va taklif chiziqlari kesishgan joyda mahsulot miqsori va narx orasidagi muvozanat, mo»tadillik o’rnatiladi. M. tovar qiymati sarf- langan ijtimoiy mehnat b-n o’lchanishi haqidagi qarashlarni qat’iyan rad etdi. Asosiy asarlari: «zamonaviy ti- joratning sof nazariyasi» (1879), «Iqtisodiyot printsiplari» (1890), «sa- noat va tijorat» (1919).