Masjidi Kalon
Masjidi Kalon (fors. – katta masjid) — Buxorodagi me’moriy Yodgor- lik. 12-a.dagi qad. imorat qoldiqlari ustiga 14-15-a.larda kurila boshlanib, 16-a. boshlarida ta’mir etilgan (mas- jid hovlisi va atrofida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida aniqdangan). Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli (127×78 m), keng hovli atrofini gum- bazli bostirma ayvon egallagan. 288 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular o’ziga xos mahobatli ko’rinishga ega bo’lib, ustunlarga keyinchalik mu- Rabba tarhli poyustunlar o’rnatilgan. Hovlining to’rt tomoni markazida naqshinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhta- sham bezagi b-n alohida ajralib turadi. M.k.ning tashki 7 eshigi bo’lib, asosiy Sharqiy darvoza oldida va ichida keng ay- vonlar joylashgan. Peshtoq ravog’idagi boloxona va uning yon tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlangan g’ishtlar b-n bezatilgan. Ayniqsa, ganch- kori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli to’ri (yuqorisi) dagi xonaqohmaqsuraga o’tiladi. Xonaqohning tashqi poy-gumbazi baland, moviy gumbazi uzoqdan ko’zga tashlanib turadi. Ichki gumbaz osti bag’allariga «qolibkori» uslubida qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan,mehrob bezaklari nafis koshinkorlik san’a- tining yuksak na-munasidir, unda usta Boyozid Puroniy nomi va 1514 y. sanasi ko’rsatilgan. Peshtoq oldidagi sahnda kichik ko’shk (pavilon) bor, qurilishi (20-a.)da usta Shirin Murodov qatnashgan. Ad.: Zohidov P. Sh., Me’mor san’ati, T., 1978.