MAXSAR ILDIZ FILCHASI
MAXSAR ILDIZ FILCHASI (Mesogriocus petraeus Faust.) — qattiqqanotlilar yoki qo’ng’izlar turku- Mining filchalar yoki uzunburunlilar (Cur-culionidae) oilasiga mansub hasharot. O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Jan. Qozog’istonda uchraydi. Qo’ng’izi maxsar ekinining ildiz bo’g’imini, yosh maysalarning pastki qismini kemi- rib zararlaydi. Natijada yosh nihollar qurib qoladi va ekinlar siyraklasha- Di. Qo’ng’izining uz. 4,0—4,5 mm, rangi qora, tanasi ustida kulrang tangachalar, qornining ostki tomonida oqimtir tuk- chalari bor. Boshi kalta xartumchadan iborat. Qo’ng’izlik davrida qishlaydi. Mart—apr. o’rtalarida qishlab chiqqan qo’ng’izlari maxsar maysalarini kemirib zararlaydi. O’simliklar so’liy boshlay- Di yoki zararlangan joyidan sinib keta- Di. Yiliga bir marta avlod beradi. Kurash choralari : ekin maydonlarga fozalon (2,0—2,3 l/ga) yoki de-tsis (2,5% emulgirlanuvchi kontsentrata; 0,3—0,5 l/ga) purkaladi.