Mahmudov Temur Ahmad o’g’li
Mahmudov Temur Ahmad o’g’li (1943.18.1, Toshkent) — sozanda (chang), bastakor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Mulla To’ychi hofizniyat nevarasi. Toshkent konser- vatoriyasini tugatgan (1969). Chang ij- rochiligi sirlarini F. Sodiqov va A. Odilovlardan o’rgangan. Muqimiy meamri musiqa rahbari (1963-71), O’zteleradiokompaniyasida «maqom» an- sambli sozandasi (1973 y.dan), musiqa rahbari (1976-2002), badiiy jamoalar direktsiyasi rahbari o’rinbosari (2002 y.dan). Ayni paytda M. Uyg’ur nomidagi Toshkent san’at in-tida (1982-92) va Hamza nomidagi Toshkent musiqa kol- lejida (1992 y.dan) o’qituvchi. Yakkasoz va jo’rnavoz sozanda sifatida tanil- gan. Zarblari nozik va mayin. Repertu- aridan Shashmaqomttt cholg’u va ashula turkumlari, Farg’ona—Toshkent maqom yo’llari, xalq va mumtoz cholg’u kuylari («Farg’onacha rez», «rohat», «Gulbahor», «Tanavor» va b.), o’zbek bastakorlari asarlari («O’zbek valsi», «Gulnor» F. Sodiqov; «Orzudili» M. Mirzaev va b.) o’rin olgan. Bastakor sifatida bir ne- chta qo’shiq («O’zbekistonim mening», «Ko’ngil», «Vatan» va b.)lar va dramatic spektakllar («Nodirabegim», «fig’on», O’zbek milliy akademik drama teatri; «Qora kamar», «paranji sirlari», A. Hidoyatov nomidagi drama teatri) uchun musiqalar yozgan.