Melanoma

Melanoma (Yun. melas — qora, ota — o’sma ma’nosini anglatuvchi qo’shimcha), melanoblastoma, MELANO- sarkoma — asosan, teri (ba’zan ko’z to’r pardasi, miya, shilliq pardalar)dagi xav- fli o’sma; qora pigmentlar — melanin- larni ishlab chiqaradigan hujayralar (odatda tugma dog’lar)dan paydo bo’ladi. M.ga turli shikastlanishlar, gormonlar ishlab chiqarilishining izdan chiqishi va b. sabab bo’lishi mumkin (etiolo- giyasi to’liq o’rganilmagan). Asosan, burunhalqum, qiqildoq, qizilo’ngach, ichak shilliq qavatlari, shuningdek, ko’zning to’r va tomirli pardasi, bosh miya b-n orqa miyaning yumshoq miya pardasida bo’ladi. M. nihoyatda xavfli o’smalardan hisoblanadi, boshqa a’zolarga metastaz beradi. Davosi : kimyoterapiya, nur bilan da- volash, bular naf bermasa jarrohlik usuli qo’llanadi.