Melizmlar
Melizmlar (Yun. melisma — qo’shiq, kuy), ornamentika, musiqa bez- aklari — vokal va cholg’u musikada mu- ayyan shaklga ega (mas, trel, forshlag, girift, Kashish va b.) yoki erkin tarzda ijro etiladigan (passaj, fioritura, qochirim, Pola, molish) barcha ohang bez- aklari, kuyning asosiy pog’onalarini o’zgartiradigan qo’shimcha tovushlar. M. kuy ohangdorligini, ta’sirchanligi- ni oshiruvchi, kuproq lirik mazmunni boyituvchi vositalar sifatida musiqa san’atiga keng joriy etilmoqda. M. xalq musiqa ijodiyoti va ijrochiligi, xususan, badiha san’ati, bastakorlik x.amda kompozitorlik ijodiyotida uzok, o’tmishdan davom etib kelayotgan an’ana- larning mahsulidir. M.ga oid ma’lumot- lar O’rta asr Sharq musiqa risolalarida o’z aksini topgan: Mahmud ash-Sheroziy (13-a.) sozlarda ijro etish uslublari bo- rasida fikr yuritib, sozandalar kuylar- ni bezaklar b-n boyitishi lozimligini ta’kidlagan, Jomiy esa kuy bezaklarida malaka hosil qilish ijrochining o’ziga bog’likligini uqtirgan va o’z zamonasi amaliyotidan misollar keltirgan. Har bir xalq musiqasidagi M. o’ziga xos ko’rinishlarga ega. O’zbek milliy ijrochiligida krchirim, nola, molish, xonish, Kashish kabi M. mavjud. Ular- dan torli (tanbur, dutor, g’ijjak, Sato kabi) va puflama (nay, surnay, qo’shnay, bo’lamon) musiqa cholg’ulari va, ayniqsa, xonandalikda keng foydalaniladi. M.ning nota belgilari 15-16-a.lar- da Germaniyada paydo bo’lib, Evropada, ayniqsa, 17-18-a.lar (Frantsiya, Angliya va b.)da keng rivoj topdi va o’zining mu- ayyan shakllariga ega bo’ldi.