Memorial muzeylar

Memorial muzeylar – muhim tarixiy voqealar, davlat, siyosat, jamo- at va harbiy arboblar, fan, adabi-yot va san’at namoyandalariga bag’ishlangan mu- assasa, muzeylar. M.m., odatda, davlat tomonidan muhofaza qilinayotgan Yodgor- lik majmualari (voqea bo’lib o’tgan joy- lar, mashxur kishilar hayoti va faoliyati b-n bog’liq uylar, M.m. to’plamlari va sh.k.) negizida barpo etiladi. M.m.ning tarixiy holatini to’liq saklagan an- sambl (mas, tosh-kentdagi G’afur G’ulom uy-muzeyi va b.), ilmiy rekonstruktsiya qilingan (mas, Samarqanddagi Ulug’bek muzeyi va b.), ayrim to’plamlar asosida tashkil topadigan turlari bor. M.m. no- dir moddiy, tasviriy va yozma manbalar- ni saklaydi, o’rganadi, ularni tashviq qiladi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy ishlar olib boradi, yo’l ko’rsatkichlar va sh.k.ni nashr etadi. O’zbekiston hududida Ulug’bek, sa- driddin Ayniy (Samarqand), G’afur G’ulom, Abdulla Qodiriy, Yunus Rajabiy, Tamaraxonim, M. Turg’unboe-va (Toshkent) va b.ning M.m. i bor. Xorijiy mamlakatlarda Buxenvald, Osventsimdagi fashizm qurbonlari yod- gorliklari M.m., Stratford-on-Eyvon sh.dagi Shekspir, Veymardagi I. V. Gyote va b. M.m. mashhur.