Merkitlar, markitlar, makritlar

Merkitlar, markitlar, makritlar — Markaziy Osiyoda o’rta asrlar- da yashagan eng jangovar va ko’p sonli qabilalardan biri. 12-a. oxiri — 13- a. boshlarida Selenga daryosining bo’ylarida M.ning 3 qabilaviy itti- foqi (uduit, kaat va Uvas) mavjud bo’lgan. Uduit — M. 4 uruqqa bo’lingan: uykur, MUdan, tudakli va jiyun. Ularning xoni To’qtabegi (To’xtabiki) bo’lgan. M. yaqin qo’shnilari — keray-m/ilar, tatarlar va mo’g’ullar (xitoycha munglar) b-n doim urushib turgan. Hujumlarning biri- da ular Chingizxonning xotini Borteni asirga olishgan. Keyinchalik kerayitlar xoni Vanxon To’g’ril Borteni Chingiz- xonga qaytarib yuborgan. M. 1204 y.da Chingizxon tomonidan butunlay tormor etilgan. Chingizxonning suyukli xotin- laridan biri — Kulon xotun M.dan bo’lgan. 13-a.da M.ning ma’lum qismi Movarounnahrga ko’chib o’tgan va keyin- chalik Amir Temur qo’shinlari tarki- bida harbiy yurishlarda qatnashganlar. M.ning qolgan qismlari turli xalqlar: mo’g’ul, qozoq, qirg’iz, o’zbeklarning tar- kibiga singib ketishgan. M. kerayit- lar b-n aralashib o’zbeklarning kenagas urug’i tarkibiga, arg’in va ba’zi Turkman urug’lari b-n aralashib o’zbeklarning Laqay urug’i tarkibiga qo’shilgan. 1926 y. Turkmanistonning Chorjo’y tumanida 2780 merkit qayd etilgan. Ad:. Rashid-addin, Sobranie Leto- pisey,t. 1, ch.1, M., 1952; Sultonov T. S, Kochevie plemena Priaralya v 15-17 vv., M., 1982; Tataromongoli v Azii i Evrope, M., 1977.