Merinoslar
Merinoslar (ISP. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qo’y zotlari. Vatani — G’arbiy Osiyo. M. bu erda mil. AV. 2-3 ming yilliklardan boqiladi, keyin O’rta dengiz mamlakatla- riga, 18-a. o’rtalaridan esa G’arbiy evro- Pa, shim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan Infantado, negretti, RAM- bule, Mazaev, yangi Kavkaz zotlari, shu- ningdek, 20-a.ning 20-y.laridan SSSRda Oltoy, askaniya, groznen, Kavkaz, salsk, Stavropol, sovet M.i yaratilgan. M. juni ingichka (15-25 mkm), mayin, ti- vit tolali, uz. 6-8 sm. Qo’chqorlaridan 8-12 kg va undan ortiq, sovliqlaridan 4-6 kg jun qirqib olinadi. Sof tola chiqimi 35— 45% . M. ko’pgina mamlakat- larda boqiladi. Ularning asosiy qismi Avstraliya (Avstraliya M.i) va Argenti- naga to’g’ri keladi. M. Turkiston o’lkasiga, jumladan, hoz. O’zbekiston hududiga 19-a.ning 70— 80-y.lari Rossiya orqali kirib keldi. «Turkiston Vedomosti» gaz.ning (1883 y. 1 noyab. 13son) xabar berishicha, Zarafshon o’lkasining Kattaqo’rg’on bo’limida 1882 y.da 2000 mayin junli qo’ylar bo’lgan. 20-a. boshida M.dan rambule zoti kel- tirilgan. M. tipidagi mayin junli qo’ylarni O’zbekistonga keltirish 20-a. ning 20-, 30-, so’ngra 50-y.larida ham da- vom etdi. 1927-31 y.larda O’zbekistonga 5000 merinos qo’ylari keltirilgan. 1939 y. Jizzax, G’allaorol, Zomin tumani k-zlarida barcha mahalliy ona sovliq qo’ylar yoppasiga askaniya va Oltoy me- rinos qo’chqorlari b-n qochirilgan va 45 ming bosh duragay qo’ylar olingan. 1949-58 y.larda Toshkent va Jizzax naslchilik xo’jaliklarida keltiril- gan askaniya, groznen, qirg’iz, Stavro- Pol merinos sovliqlari va qo’chqorlari boqildi. M.ning O’zbekistonning issiq iqlim sharoitida asosiy mahsuloti bo’lgan jun va jun tolasining qator tex- nologik sifat ko’rsatkichlari saqlanib qoldi. M.dan olinadigan jun va go’sht mahsulotlari sifati va miqdori, aso- san, qo’ylarni yaxshi sharoitlarda asrash, boqish va parvarish qilish texnologi- yasi b-n chambarchas bog’liq (q. Mayin jun- li qo’ylar). L<E.: Amirova A. K.vab. Chorvachilik, T., 1980. Abdusattor Amirov.