Metabolizm
Metabolizm (Yun. Metabole — o’zgarish) — hujayralarda sodir bo’ladigan fermentativ reakiyalar maj- mui. M.da organik hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan moddalar va energiya xreil bo’ladi. «M.»termini, ko’pincha, mod- dalar va energiya almashinuvining (q. Moddalar almashinuvi) hujayrada kecha- digan bosqichlarini ifodalash uchun ish- latiladi. Bu jihatdan M. tor ma’-noda oraliq almashinuvni, ya’ni moddalar- ning xz^kayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir kator kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Bunday reaktsiya- larning muayyan tartibda ketma-ket ro’y berishi metabolitik yo’l, hosil bo’lgan oraliq mahsulotlar metabolitlar dey- iladi. M. anabolizm va katabolizmdan iborat (q. Katabolizm). Anabolizmda hujayralar va to’qimalar tarkibiga ki- ruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reak- tsiyalar, asosan, qaytarilish reaktsiyala- ridan iborat bo’lib, ular erkin kimyoviy energiya sarf bo’lishi orqali boradi (q. Qaytarilish reaktsiyalari). Katabolitik reaktsiyalar, asosan, oksidlanish reaktsi- yalaridan iborat bo’lib, unda murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalar- gacha parchalanadi va energiya ajralib chiqadi (q. Oksidlanish reaktsiyalari). M.ning bu ikki tomoni o’zaro chambarchas bog’langan (yana q. Assimilyasiya, Dissi- milyasiya).