Monopoliya
Monopoliya (Yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlar- da yagona sotuvchi o’z tovari b-n FA-oliyat ko’rsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning o’rinbosari bo’lmaydi. M. ish- lab chiqarish vositalari, ish kuchi va yara- tilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, so-hibkor shaxslar yoki davlat qo’lida to’planishi natija- sida paydo bo’ladi. M. ko’rinishlari qadimdan mavjud. Noyob maxsulot etishtiriladigan erlar, konlar, suv havzalari, o’rmonlar va b. tabiiy man- balar ozchilik qo’lida to’planib, egala- riga monopol mavqe bergan, ular ma’- lum mahsulotni bozorgatanho etkazib beruvchilarga aylanib, u erda hukmron bo’lganlar. M. o’z tabiatiga ko’ra i.ch. da turg’unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga o’z iz- mini o’tkazish mumkin. M. bozor muno- sabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni ko’radilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, kontsernlar hisoblanadi (q. Monopoliyaga karshi so-nunchilik).