Mirg’iyosov turdi

Mirg’iyosov turdi (1896, tosh- kent — 1951) — o’zbek arxeolog va etno- graflaridan. 1913 y.da diniy maktabni tugatib, o’qituvchilik qilgan. 1921-25 y.larda xalq maorifi bo’limida in- struktor va To’qmoqdagi o’zbek makta- blarida o’qituvchilik qilgan.1926 y.dan umrining oxirigacha Urta Osiyo tarix muzeyida katta ilmiy xodim. 1927-29 y.larda dunganlar orasida etnografik materiallar yiqqan, Qashqadaryodagi yarim ko’chmanchi aholi turmushini o’rgangan, arxeologik ekspedisiyalarda ishtirok etgan (Qizilqumdagi tosh asri yodgorliklari, To’ytepadagi qabrlar, qad. Termiz va b.ni o’rgangan). 1930-34 y.larda Leypsigdagi xalqaro ko’rgazma uchun Urta Osiyoga oid materiallar to’plagan. Qirg’izistondagi qad. Kumush konlarini o’rgangan. 1942 y.da Urta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyatiga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil etgan. M. to’plagan qimmatli materiallar Oybek nomidagi Uzbekiton xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.