ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI

ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI – go’sht-tuxum yo’nalishidagi zotdor tovuqlar guruhi. Sobiq Ittifoq parrandachilik ilmiy tadqiqot va texnologiya institutida 20-asrning 50-yillarida rus oq tovug’i, yurlov, Nyu-Gempshir va rod-Aylend zotlarini chatishtirib chiqarilgan. Yirik, etdor, toji gulsimon oq tovuq va toji yaproqsimon sarg’ish-jigarrang guruhlarga bo’linadi. Tovug’ining vazni o’rtacha 3,5—4 kilogramm, xo’rozi 4,5—5 kilogramm. Tovug’i yilda 160-180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 58-60 gramm. Jo’ja tovug’i 180 kunligidan tuxumga kiradi. O’zbekistonda ham boqiladi.