Mitan
Mitan — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986 y. dan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand sh.dan 68 km. Yaqin t.y. Stan- tsiyasi — Kattaqo’rg’on (30 km). Aholisi 5,7 ming kishi (2000). M. Nurota tog’ tizmasining Oqtov adirlari adog’ida, o’rtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926-58 y.larda Mitan tumanining markazi bo’lgan. 1958 y.da Mitan tumani tugatilgach, Ishtixon tumani tarkibiga kirgan. «Mitan» so’zi shaharcha hududida yashovchi o’zbeklarning qad. «Mitan» (muy- tan) urug’i nomidan kelib chiqqan. M.da paxta tozalash z-Di, MTP, dehqon bozo- ri, 2 umumiy ta’lim maktabi, iktidor- li o’quvchilar uyi, kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog’i, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchala- ri mavjud. Bolalar kasalxonasi, tuman kasalxonasining terapiya bo’limi, dori- xonalar faoliyat ko’rsatadi.