Mulla Shodi

Mulla Shodi (16-a.) — tarixchi. Uning hayotiga oid ma’lumotlar juda kam. M.Sh. Shayboniyxonning inisi Maxmud Sulton saroyida xizmat qilgan, fors tilida yozilgan «Fathnoma» asa- ri muallifi. Dostonni Mahmud Sul- ton topshirig’iga binoan yozgan. Asgarda Shayboniyxonning Samarqandni bo- sib olguniga qadar Dashti qip-choq, Movarounnahr va Xorazmdagi hayoti va faoliyati b-n bog’liq asosiy siyosiy voke- alar; Xorazmning toponimikasi, asosan, Vazir va Adak shaharqal’alar to’g’risida, Qorako’ldagi xalq qo’zg’olonining bosti- rilishi, urushlarda ko’plab aholining qoni to’kilganligi va ularning og’ir ahvoli haqida ma’lumotlar keltiril- gan. Asarning qo’lyozma nusxalari Ros- siya, Tojikistonda va O’zbekistonda FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Ad.: Axmedov B.A., Istoriko-Geo- grafi-cheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., T., 1985.