Muvozanat

Muvozanat — 1) mexanikada — bironbir aniq mexanik tizimga (jism- ga) ta’sir ko’rsatayotgan barcha kuchlar o’zaro tenglashgan holat. Jism barqaror, nobarqaror va befarq M.da bo’lishi mum- kin. Jism M. holatidan biroz og’ganidan so’ng yana eski holatiga qaytsa, bunday holat barqaror M. holati deb ataladi (raem, a). Agar jism M. holatidan bir oz og’ganidan keyin bu holatdan borgan sari uzoklasha boshlasa, bunday holat nobarqaror M. holati bo’ladi (rasm, 6). Jism M. xrlatidan biroz og’ganidan key- in yangi holatida qolsa, bunday holatga befarq M. holati deyiladi (mas, gori- zontal sirtdagi shar) (rasm, v); 2) termo- dinamik M. — bironbir tizimning bar- cha qismlarida t-ra, bosim va b. makro- skopik parametrlar bir xil bo’ladigan holat. Har qanday izolyasi-yalangan tizim vaqt o’tishi b-n shunday M. holatiga eri- shadi; 3) kimyoviy M. — kimyoviy reaktsiya borayotgan tizimning faqat qaytar reak- tsiyalar yuz beradigan holati. Bunday M. holatidagi tizimning holati paramet- rlari vaqtga bog’liq bo’lmaydi, tarkibi barqaror bo’ladi.