Miqdor analizi
Miqdor analizi, miqdoriy analiz — analitik kimyoning asosiy bo’limlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar mik- dori (massasi, kontsentrasiyasi va sh.k.) yoki mikdoriy nisbatlarni anikdash usullari. Komponentlar sifatida atom- lar, molekulalar, izotoplar, funktsio- nal guruhlar, fazalar va sh.k. bo’lishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning mik,doriga ko’ra, makrousul- lar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarimmikro-usullar (0,01—0,1 g), mikro- usullar (0,001—0,01 g), submikrousul- lar (0,1— 1 mg) va ultramikrousullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini na- muna tarkibidagi mikdoriga ko’ra, shart- li ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy bo’lmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qo’shimchalarga (0,01% dan kam) bo’linadi.