Marjonbuloq qirlari

Marjonbuloq qirlari – jiz zax viloyatidagi qirlar. G’ubdintog’ning shim.-sharqida. Jan.-sharkdan shim.- g’arbga yo’nalgan. Uz. 11 km, eni 5 km. Eng baland joyi 947 m. Relefi o’rtacha par- chalangan, suvayirg’ich qismi yaxshi ifo- dalanmagan. Yon bag’irlarining qiyaligi har xil, keng soylar b-n o’yilgan. Kar- bon davrining metamorfik jinslari — slaneslaridan tuzilgan. Lessimon yotqiziqlar tub jinslar ustida ka- Lin qatlam hosil qilgan. Turli o’t va efemerlar o’sadi. Flomis b-n rang va qo’ng’irbosh tarqalgan. Bahorgi va kuzgi yaylov sifatida foydalaniladi, o’rtacha mahso’ldorligi gektariga 1-2 ts. M.q.dan foydali qazilmalar topilgan.