MIKROSEYSMALAR
MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmos- fera bosimining o’zgarishi va b. sabablar tufayli er sirtining sinusoida shaklda juda kichik o’zgaruvchan amplituda b-n tebranishi. M. tabiiy va sun’iy, dav- riy va davriy bo’lmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy M.ga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bo- simining o’zgarishi, kuchli shamol, do’l, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. Sun’iylariga transport qatnovlari, por-tlashlar, turli sanoat inshootla- rining ta’siri va b. kiradi. M. dengiz va okean qirg’oqlarida, yirik shahar va industrial inshootlar yaqinida kuchli bo’ladi. Okean tsiklonining quruqlikka o’tishida M. yanada zo’rayadi. Ular Seys- mik st-yalar ishiga salbiy ta’sir etadi va ularning sezgirlik darajasini ka- maytiradi. M. ning tebranish davri bir necha sek. dan 10 sek.gacha, amplitudasi 1-5, ayrim vaktlarda 100 mikrongacha etishi mumkin.