MIKROSPORIDIYALAR
MIKROSPORIDIYALAR (Microsporidia) — bir hujayralilar tipi (boshqa sistemaga kura sinf). Bar- cha hayvonlar (ko’pincha, bug’imoyoklilar) hujayrasida jinssiz (ikkiga bo’linish va shizogoniya) yo’li b-n ko’payadi. Spo- ro-goniyadan oldin kariogamiya sodir bo’ladi. M.ning har xil turlarida bit- ta sporontdan har xil sondagi mayda (uz. 1,2—10 mkm) 1-2 yadroli sporalar vujudga keladi. Sporalarning spiral o’ralgan naychasi orqali parazit xo’jayin hujayrasiga kirib oladi. 2 sinfi, 70 dan ortiq urug’i, 900 ga yaqin turi ma’- lum. 300 dan ortiq turi tabiatda gel- mintlar va bo’g’imoyoqlilarda parazitlik qilib, ularning qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Shu bois M.dan gelmintlar va zararkunandalarga qarshi kurashda foy- dalanish amaliy ahamiyatga ega. Ayrim M. akvakulturada ko’paytiriladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va baliqlar, shuningdek, mo’ynali hayvonlarning kuplab qirilib ketishi- ga sabab bo’ladi. M. odamda ham parazit- lik qilib, o’limga olib kelishi mumkin. Ipak qurti va asalarilarda nozemalar urug’iga mansub turlar katta ziyon kelti- radi.