Mikotoksikozlar

Mikotoksikozlar (Yun. Mykes zamburug’va toxikon — zahar) — chorva mollarida uchraydigan zaharlanish. M. zamburug’lar zahari (toksinlari) b-n zararlangan ozuqalarni eyishdan pay- do bo’ladi. Kasallik to’satdan paydo bo’lishi, ommaviy tarqalishi, inkuba- tsiya davrining qisqaligi, yuqmasligi b-n tavsiflanadi. M. kuzda yoki qishdan keyin g’allagulli o’tlar yig’ishtirib olinmagan, o’simliklar nobud bo’lgan yaylovlarda bahorda mol boqilganda, molxonada boqish davrida esa molga nam em-xashak berilganda paydo bo’lishi mumkin. M.da mollarning barcha organ va sistemalari zararlanadi. M.ning og’ir va klinik kechishi organizmga tush- gan mikotoksin mikdoriga, ozuqaning zaharlilik darajasiga, mikroorganizm xususiyatlariga bog’liq. Toksinlarning turiga ko’ra, kasallangan (zaharlangan) hayvonlarda qon hosil bo’lishi izdan chiqadi, yurakqon tomir, nerv sistemasi, nafas olish, siydik ajratish organlari- ning faoliyati buziladi. O’rganilgan M. mustaqil nozoologik birliklarga ajra- tilgan bo’lib, zaharlovchi zamburug’ning turi yoki avlodi nomi b-n yuritiladi. Davolash: simptomatik terapiya, anti- biotiklarni qo’llash. Oldini olish: zaharli yoki zaharlangan ozuqani rasiondan chiqarish. Hoshim Nurmamatov.