ZAKASPIY ANTROPOLOGIK TIPI
ZAKASPIY ANTROPOLOGIK TIPI — asosiy vakillari turkmanlardan tashkil topgan antropologik tip. Qoraqalpoqlar (Xorazm vohasidagi), balujlar va eroniylarning tarkibida ham uchraydi. L. V. Oshanin O’rta Osiyoning Janubiy viloyatlarida, ya’ni Amudaryoning Janubi-g’arbida yashaydigan antropologik tipni Zakaspiy Antropologik Tipi deb nomlagan. Zakaspiy Antropologik Tipi vakillari baland bo’yli, boshi uzun mezokefal, ko’zi, sochlari va badanidagi junlar kora, yuzi cho’zinchoq, tor va o’rta kenglikda, burni to’g’ri va o’rta kenglikda. Zakaspiy Antropologik Tipiga mansub odam ajdodlarining suyaklari Janubiy Turkmanistonda neolit va jez davriga oid. Tojikiston, O’zbekiston, Orolning Janub tomonlari va G’arbiy Qozog’istonning ba’zi joylarida jez davriga oid yodgorliklarda ham topilgan. Jan. Pomir saklari, Yettisuv usunlari ham Zakaspiy Antropologik Tipiga mansub bo’lgan. Ad.: Oshanin L. V., Zezenkova V. Ya., Voprosi etnogeneza narodov Sredney Azii v svete dannix antropologii, SB. statey, T., 1953; Oshanin L. V., Antropologicheskiy sostav naseleniya Sredney Azii i etnogenez eyo narodov, v 3x ch., ch. 1-3, Erevan, 196759.