MEKSIKA BO’YI PASTTEKISLIGI

MEKSIKA BO’YI PASTTEKISLIGI — shim. Amerikaning Jan.- sharqidagi pasttekislik, AQSh va Mek- sikada. Atlantika bo’yi pasttekisligi, Appalachi tog’lari, Markaziy tekisli- klar, Uoshito tog’lari, Buyuk tekisli- klar b-n chegaralangan, Jan.dan Meksika qo’ltig’i b-n o’ralgan. Eni 350 km gacha. Eng baland joyi 150 m. Cho’kindi jin- slardan tarkib topgan. Er yuzasi yassi tekislik bo’lib, Daryo vodiylari (mis- sisipi, Rio-Grande va b.) b-n kesilgan. Iklimi subtropik, Jan.-g’arbiy qismida tropik iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da 4-8°, sohil qismida 12°, iyul- niki 26-28°. Yillik yog’in g’arbida 600-800 mm, sharqida 1200-1500 mm. Tuproqlari qizil, chimli karbo- natli, chimli allyuvial va botqoq tu- proklar. Hududining 1/3 qismi o’rmon. Qoraqarag’ay, qayin, dub, magnoliya, Daryo vodiylarida botqoqsarvi, terak o’sadi. Savannalar bor. Paxta, tamaki, sholi, shakarqamish ekiladi. Yirik neft va gaz konlari topilgan. Yirik shaharlari: Yangi Orlean, Xyuston (AQSh), Tampiko, Verakrus (Meksika).