Maqam
Maqam (Arab. — joy, parda, ton), makam (turk.) — Arab va turk mumtoz musiqasida asosiy tushunchalardan biri: 1) parda (ton, nag’ma) lar tizimi. Yarim va chorak tonli tovushqator tartibiga asos- lanadi. Arab an’anaviy musikasida rast, Zarkula, Duka, Kurd, Sikax, Busalik, Char- ka, Xigaz, Nava, Hisor, Husayni, agam, AUJ, Mahur, kardan, turk musikasida Egah, Nim Hisar, Ashiran, Ajam Ashi- ran, Irak, rast, Zirgyule, Dugah, Segah, Puselik, Sargah, Hijaz, Neva pardala-ri mavjud; 2) muayyan badiiymantiqiy ichki tartibga asoslangan tovushqatorlar tizimi {lad, tetraxord, pentaxord, gek- saxordlar). Pardalarning o’zaro birik- malari nihoyatda xilma-xil, murakkab va ko’psonli bo’lsada, ularning aso- siylari Arab musiqasida 9 ta — agam (Ajam), Nihovand, Rast, Bayati, Saba, Xigaz, kord, Sigah va Navesar, turk musiqasida 13 ta — Chargah, Puselik, Kurdiy, Rast, Ushshaq, Huseyniy, Neva, Hijaz, Humayun, Uzzal, Zengule, Karchi- gar, Syuzinek kabi asosiy M. mavjud- dir. Arab va turk M.lari o’zining kelib chiqishi, nazariy tizimlari, ijrochilik an’analari va badiiy-estetik mazmuni jihatidan o’zbek va tojik maqom san’ati b-n tarixan uzviy bog’liqdir. Abdumannon Nazarov.