MARKAZDAN QOCHMA KUCH
MARKAZDAN QOCHMA KUCH – moddiy nuqta (jism) ning erkin harakatini cheklab, uni egri chiziq bo’ylab harakatlanishga majbur etadigan kuch . Mikdor jihatdan mv2/p ga teng (t — jism massasi , x> — jism tezligi, r — moddiy nuqtaning egrilik radi-usi) va egrilik markazidan markazga intil- ma kuchga qarama-qarshi yo’nalgan. Mac, arqonga bog’langan tosh (moddiy nuqta) gorizontal tekislikda aylantirilsa, markazga intilma kuch arqon tomondan toshga ta’sir etib, uni aylana bo’yicha harakatlanishga majbur etadi. M. q. k. esa tosh tomondan arqonga ta’sir etib, arqonni taranglashtiradi va, hatto, uzi- shi mumkin.