MARRAMBINI
MARRAMBINI — Avstraliyaning Jan.-Sharqiy qismidagi dare, Murrey daryosining o’ng irmog’i. Uz. 2172 km, havzasining mayd. 165 ming km2. AV- straliya Alp tog’larining shim. tizma- laridan boshlanib, Avstraliyaning Jan.- Sharqiy tekisliklaridan oqadi. Asosiy irmog’i — Laklan daryosi. Suv oqimi tartibga solingan (Barrinjak suv ombo- ri va GES qurilgan). O’rtacha suv sarfi 77 m3/sek. Sug’orishda foydalaniladi. Yomg’irli mavsumda suvi ko’payib, Uogga- Uogga sh.gacha kema qatnaydi, quruq mav- sumda ba’zan suvi qurib qoladi.