Machitli tizmasi

Machitli tizmasi – to’polon daryoning irmog’i Kishtut havzasi (sur- xondaryo viloyati)da joylashgan tizma. Sho’rob soyining yuqori oqimidan (Dal- dolitepa tog’i, 1937 m) boshlanib Xo’ja Kiyikkalon tizmasi (4022 m) yaqinida sharqqa keskin burilib, Xo’ja kiyik tizmasiga (4396 m) tutashib ketadi. Eng baland joyi 3478 m (Machitli tog’i). Tog’yon bag’irlari kuchli parchalangan, suvayirg’ich qismi o’tkir uchli karrlar, tsirklar, qirrali qoyalar b-n murak- kablashgan. Nurashga chidamli bo’lgan otqindi va metamorfik jinslar tik va qirrali yon bag’irlarni vujudga keltir- gan. Suvayirg’ich qismi (3000-3200 m) da och qo’ng’ir tuproqlarda shair, flamis, tulki quyruq, betaga, ba’zan kobreziya usadi. O’rtacha balandliklar (2000-3000 m)da Betagali turli utlar va archazorlar tarqalgan. Quyi mintaqada (1200— 2000 m) turli o’tli bug’doyiqzorlar siyrak ar- chazorlar b-n birgalikda maj-mua hosil qiladi. Yaylov sifatida foydalaniladi, mahsuldorligi gektariga 3-8 ts.