Maxsumov Jalol Nosirovich

Maxsumov Jalol Nosirovich (1920.5.12 – Toshkent – 2000.20.5) rent- genradiolog, O’zbekiston FA akad. (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1967), Rossiya tibbiyot FA muxbir a’zosi (1969), tibbiyot fanlari D-ri (1952), prof. (1954). ToshTIni tugat- gan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi, Toshti rengenologiya va tibbiyot radio- logiyasi kafedrasida assistent, dosent (1948-54), prof. (1954-62), 1962 y.dan kafedra mudiri, O’zbekiston Sog’liqni saklash vazirligi ilmiy tibbiyot kenga- shining raisi. O’t pufagi kasalliklari- ning klinik diagnostikasida bilitrast preparati yordamida xolesistografiya qilish usulini amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy faoliyati, asosan, me’da-ichak, o’t yo’llari va o’pka kasalliklarini rent- genradiologik usulda aniqlashga, o’pka kasalliklari hamda o’smalarni roentgen nurlari va gamma-nurlar b-n davolashga bag’ishlangan. As: Vneshnyaya radiometriya v dia- gnostike zabolevaniy organov pitshe – vareniya, T., 1972 (E. A. Shokirov b-n hamkorlikda).