Ma’muriy jazo
Ma’muriy jazo – ma’murii huquqnn buzuvchi shaxslarga nisbatan davlat organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan ko’riladigan chora. M. j. maj-burlovchi, ayni vaqtda tarbiya- viy xususiyatga ega bo’lgan choradir. M. j.ning quyidagi turlari mavjud: ja- Rima; ma’muriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosi- ta shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti b-n olib qo’yish; ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musosara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus xuqukdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; ma’murii qamoqqa olish (O’zbekiston Respublikasining MJK, 23—29moddalar). Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolar va fuqoroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborilishi mumkin.