Maqsudiy Tangriqul

Maqsudiy Tangriqul (1881, tosh- kent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog, dramaturg va shoir. Toshkentdagi Be- klarbegi va Eshonquli dodxoh madra- salarida tahsil oldi. Turkiyaga borib bilim yurtida o’qidi. Munavvarqori Abdurashidxonov ta’siri ostida ijti- moiysiyosiy karashlari shakllandi. M. 1914-15 y.lardan mahalliy matbu-otda shoir va publisist sifatida ko’zga tash- lanadi. O’sha davr muvaqqat nashrlari, xususan, «Al-Izoh», «Al-isloh» jur. larida she’r va makrlalari chop etilgan. Asarlarida odamlarni ma’ri-fatga, Ev- ropa fantexnika yutuklarini o’rganishga chaqirgan. O’qituvchilik faoliyatini olib borish b-n bir vaqtda «Turon kuchi» te- ATR guruxini tashkil qildi (1919) va o’zi dramaturg, rejissyor, aktyor sifa- tida ishtirok etdi. «Eski maktab, yangi maktab» (1 pardali kulgi), «Vatan yoxud Vatan qur-bonlari» (3 pardali dra- ma) asarlarini ezdi. 1919-21 y.larda «Milliy Ittihod» tashkilotida faoli- yat olib bordi. Keyin yana pedagoglik b-n shug’ullandi. M. sho’ro xukumatining qatli Omiga uchradi (1931). Moskvadagi Vagankovo qabristoniga dafn qilingan.