Meyerxold Vsevolod Emilevich
Meyerxold Vsevolod Emilevich [1874.28.1 (9.2), Penza – 1940.2.2, Moskva] — rej. va aktyor, teatr arbobi, pedagog. Teatr islohotchilaridan biri. Rossiya xalq artisti (1923). 1898— 1902 y.lar MXT (Moskva badiiy teatri)da AK- tyor. Grozniy (A. Tolstoy, «Ioann Groz- niyning o’limi»), Treplev, Tuzenbax (A. Chexov, «Chayka». «Uch opasingillar»), Malvolio, Shahzoda Aragonskiy (u. Shekspir, «o’n ikkinchi kecha», «Venesiya savdogari»), Iogannesa (g. Gauptman, «Yolg’izlar») kabi rollarni ijro etgan. 1902-05 y.lar «yangi drama o’rtoqlik uyushmasi»ni boshqargan. 1906-07 y.lar V. Komissarjevskaya teatrida, 1908 — 17 y.lar Peterburgdagi Aleksandrinsk va Mari teatrlarida bosh rej. Shu yil- larda «shartli teatr» printsiplari va ularni uslublashtirish simvolizm po-etikasi, teatr san’ati kontsepsiyasi va b. b-n bog’liq dasturni ishlab chiqib uni rivojlantirgan. 1920-38 y.lar Mosk-vadagi 1-Rossiya teatri (1923 y.dan M. nomida)ni boshqardi. «Misteriya— Buff», «Qandala». «Hammom» (hammasi V. Mayakovskiy), «Revizor» (N. Gogol), «O’rmon», «serdaromad joy» (A. Ostrov- skiy) kabi spektakllarni, shuningdek, «Orfey Evridika», «qarg’a motkasi» singari operalarni sahnalashtirgan. M. ijodi jahon teatri san’atiga katta ta’- sir ko’rsatdi. 1939 y. qatag’on qilingan va qamoqxonada otib tashlangan.