Metgemoglobin
Metgemoglobin, MtHB (meta… va gemoglobin), gemiglobin, ferrige- moglobin — oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir b-n mustahkam birikib, o’zidagi kislorodni to’qimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorodga yolchimas- lik — gipoksiya holati yuzaga keladi. Sog’lom kishi eritrositlari tarkibida M. juda oz mikdorda (0,1 — 1%) bo’ladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda M. mik- dori ortadi (metgemoglobinemiya). Bun- Day hollarda tez toliqish, bosh og’rig’i va ko’karish (tsianoz) alomatlari yuzaga chiqadi.