Mexdi Husayn

Mexdi Husayn (taxallusi; asl ism-sharifi Mexdi Ali og’a o’g’li Husaynov) [1909.4.4, Ozarbayjon Re- spublikasi Shixli qishlog’i (hoz. Kazax tumani) — 1965.10.3, Boku] — Ozarbay- jon yozuvchisi, tanqidchi, jamoat arbo- bi. Dastlabki asarlarida Ozarbayjon qishloklaridagi hayot, yangilikning eski- lik ustidan g’alabasi ko’rsatilgan. «Suv toshqini» (1933-36) romanida Ozarbay- jondagi fuqarolar urushi vo-qealari hikoya qilinadi. «Tarlon» (1940) qissasida qishloq o’qituvchisining esda qolarli obrazi yaratilgan. 2-jahon urushi yillari «hayqiriq» qissasi, «Javnshir» tarixiy dramasini yozdi. «Apsheron» (1947), «qora qoyalar» (1957), «tong» (2 qism, 1950-53) roman- lari yozuvchiga Shuhrat keltirdi. «Qora qoyalar»da Ozarbayjon neftchilarining mehnatlari ko’rsatilgan bo’lsa, «tong»da tarix ijodkori bo’lgan ommaning roli tasvirlangan. Adib va-fotidan so’ng «Er osti suvlari okeanga oqadi» (1966) romani nashr etilgan. Chegarachilarning vatanparvarligi to’g’risidagi «Shuhrat» (1938), shuningdek, «Nizomiy» (1940), burchga sadoqat haqidagi «intizor» (1944, hamkorliqsa), «olov» (1961) asarlari Ozarbayjon dramaturgiyasi- ning yaxshi na-munalaridandir. «Apshe- Ron» romani o’zbek tilida nashr etilgan (1952).