Mehmed I

Mehmed I (Chalabiy) (1387-1421) -Usmonlilar sulolasita mansub turk sultoni (1413-21). Boyazid I Yildi- Rimning o’g’li. 1413 y. sultonlik to- jini akasi Musodan tortib olgan. M. saltanat chegaralarini mustahkamlash, qal’a, inshootlar, masjidlar barpo etishga alohida e’tibor bergan. 1416 y. M. venesiyaliklar b-n bo’lgan urushda Dardanellga yaqin joydagi dengiz Jan- gida mag’lubiyatga uchragan. 25 ta harbiy kemadan iborat turk flotiliyasi ve- nesiyaliklarga o’lja bo’lgan. M. Venesiya b-n sulh tuzishga majbur bo’ladi. M.ning qiyin ahvolga tushganidan foydalangan Shayx Badruddin boshliq dehqonlar sul- tonga qarshi qo’zgolon ko’targanlar. Boya- zid Posho boshchiligidagi Sulton qo’shini qo’zg’olonchilarni tormor etadi. Shayx Badruddin osib o’ldiriladi. 1420 y. M. Anqara jangidan so’ng Izmit qo’ltig’i yaqinidagi vizantiyaliklar tasarrufiga kirgan shaharlarni qaytarib olgan. Ad.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Mogutshestvo i Gibel, M., 1990.