Metilamin

Metilamin, monometilamin, CH3NH2 — oddiy alifatik amin; o’tkir ammiak hidli gaz. 0,005% li kon- tsentrasiyada ham hidi seziladi. Mol. m. 31,06. Suyuklanish t-rasi — 93,46°, qaynash t-rasi — 6,32°, zichligi 682,8 kg/ m3. Suvda, etanolda va b. organik erituv- chilarda yaxshi eriydi. Kuchli asos, bir- lamchi aminlarga xos xususiyatlarga ega. M. Goffmanreaktsiyalari yordamida sin- tez qilinadi. Insektisidlar, erituvchi- lar, sirt faol moddalar, fotore-aktiv- lar olishda, ayniqsa, dori tay-yorlashda keng qo’llanadi.