Mexanoreseptorlar
Mexanoreseptorlar (Yun. mechano — mashina va reseptorlar) — sezuvchi nerv oxirlari; tashqaridan bo’ladigan (tuyg’u, og’riq, eshitish va b.) yoki ichki organlarda vujudga kela- digan mexanik ta’sirotlarni qabul qiladi. M.ga baroreseptorlar, Pro- prioreseptorlar, tuygu reseptorlari (odam va hayvonlarning teri yuzasida bo’ladi), vestibuloreseptorlar kiradi (ular odam va hayvonlar ichki qulog’ining vestibulyar apparatipya joylashgan bo’lib, tezlanish, vibrasiya tufayli gav- daning fazodagi vaziyati o’zgarishini ta’minlaydi).