KALTAMINOR MADANIYATI

KALTAMINOR MADANIYATI -O’zbekistonda neolit davriga oid bi- rinchi topilgan arxeologik madaniyat (mil. AV. 7-3-ming yillik). Kaltaminor ko’li yonidan topilgan. 1939-40 va 1945 y.lar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi tekshirgan. K.m. Amudaryo- ning qad. Oqchadaryo deltasi, Qizilqum, Yuqori O’zboy, Mohondaryo, Orolning shim.-Sharqiy bo’ylarida, Qozog’iston va Sharqiy Kaspiy, ya’ni Balxan va Manqishloq hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar yashagan emas, bu er- larda bir-biriga yaqin bo’lgan qabilalar yashagan deyish to’g’ri bo’ladi. Yaqinlik, asosan, tosh qurollarda yaxshi ko’rinadi. Tosh qurollarni, yasash texnikasi va uning tiplarida o’xshashlik farqlar esa sopol idishlarda, ya’ni uning bezaklari- da — bezak buyumlarda, taqinchoqlarda ko’rinadi. Asosiy qurollarining o’xshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar — shu vohalarda bir- biriga o’xshash, bir xil turmush tar- ziga ega bo’lgan urug’lar bo’lganligini ko’rsatadi. Bular Oqchadaryo, quyi Zaraf- shon, Lavlakon, yuqori O’zboy, Ustyurt guruhlaridan iborat. Shu hududlarda yatshagan neolit odamlari 7-3-ming yillikda yashab ovchilik, temirchilik va baliqchilik b-n tirikchilik o’tkazishgan. Ovchilik, terimchilik va baliqchilik b-n bog’liq qurollarni ishlash texnikasi ne- olit davrida eng cho’qqiga chiqqan davr hisoblanadi. Qirg’ichlar, kesuvchi, te- shuvchi qurollar, o’q-yoylar, kamon o’qlari va shunga o’xshash qurollarni yasash eng ta- komillashgan davr hisoblanadi. Mikro- lit qurollarining paydo bo’lishi, suyak- dan va yog’ochdan yana ham takomillashgan qurollar yasash imkoniyatini bergan. Ar- xeologlar, asosan, shu mikrolitlar va o’q- yoyni yasalishiga asoslanib neolit davri- ni davrlarga ajratganlar. K.m.ni ham 3 davrga bo’lib o’rganilgan. K.m.ning ilk davri 7-5 ming yillikka to’g’ri keladi. Bu davrga xos yodgorliklar Zarafshon- ning quyi oqimida, Qizilqumning Lav- Lakon va Karakata, Jan.-Sharqiy Ustyurt- da topilgan va o’rganilgan. K.m.ning o’rta davri 6-5-ming yillikka to’g’ri keladi. Bu davrga oid manzilgohlar butun Qizilqum va unga yaqin bo’lgan hududlardan topilgan. K.m.ning oxirgi davri 4-3 ming yillikka to’g’ri keladi. Bu davrga oid yodgorliklarga Qozog’iston hududlaridagi manzilgoxlar kiradi. K.m. ni tavsiflab berish, uni davrlar- ga ajratish ham, asosan, sopol idish- larni ishlash texnikasi, unga bezak berishga asoslangan. Butun K. m.ga oid sopol idishlar qo’lda ishlangan bo’lib, bezaklar, sopol idishlar hali loy- ligida yog’och b-n chizib, Daryo va dengiz to’lqiniga, archa ignalariga o’xshash bez- AK berilgan, keyin olovda pishiril- gan. Idishlarning shakli kosasimon yoki qozonsimon bo’lib, ilk davriga oid idishlar tagi yassi bo’lmasdan, qumga botirib qo’yishga mo’ljallangan konus shaklida bo’lgan. Sopol idishni ixti- ro qilinishi K.m.ga mansub aholining ovqat pishirishini osonlashtirdi. Endi qozonning tagiga olov yoqib pishirish imkoniyati tug’ildi. Odamlar chaylalarda yashab, o’choqlar qurib o’choqlarda, sopol qozonlarda ovqat pishirib, idishlarga quyib ovqatlanadigan bo’lishdi. Bu juda katta ixtiro bo’lib, kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega bo’ldilar. Neolit davrida bulardan tashqari tikuvchilik, kemasozlik ham yuksaldi. K.m.ga mansub axrli tabiat yaratgan narsani shundayli- gicha qabul qilganlar. I.ch. iqtisodiyotiga o’ta olmaganlar, ya’ni chorvachilik yoki dehqonchilik b-n shug’ullana olmaganlar. Ad.: Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobitnaya kultura i vozniknove- Nie oroshaemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966; Vinogradov A. V., Drevnie oxotniki i ribolovi Sredne- Aziatskogo Mejdurechya, M., 1981; tol- stov S. P., Drevniy Xorezm, M., 1948. O’tkir Islomov.