Karimov Islom Abdug’anievich
Karimov Islom Abdug’anievich (1938.30.1, Samarqand sh.) — yirik dav- lat va siyosat arbobi, O’zbekiston Re- spublikasining birinchi Prezidenti. O’zbekiston Qahramoni (1994). Xizmatchi oilasida tug’ilgan. O’rta Osiyo politexni- ka in-ti (1960), Toshkent xalq xo’jaligi in-tini (1967) tugatgan. Mehnat faoliya- tini 1960 y.da Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi («Tashselmash») z-dida master yordamchiligidan boshladi. So’ng Mazkur korxonada master, texnolog. 1961 y.dan 1966 y.gacha V. P. Chkalov nomida- gi Toshkent aviasiya i.ch. birlashmasida muhandis,etakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi. 1966 y.da O’zbekiston Davlat plan komitetiga ishga o’tib, bosh mutaxassislikdan respublika dav- lat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. 1983 y.dan O’zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 y.dan O’zbekiston SSR Mi- nistrlar Soveti raisining o’rinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-89 y.larda O’zbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birin- chi kotibi, 1989 y. iyunidan O’zbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990 y. 24 mart- da O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida K. O’zbekiston SSR Prezi- Denti etib saylandi. 1991 y. 31 avg.da K. tarixiy voqea — O’zbekiston Respublikasining davlat . mustaqilligini e’lon qildi. 1991 y. 29 dek.da mukrbillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida K. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib say- landi. 1995 y. 26 martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra, K.ning prezidentlik vakolati 2000 y.ga qadar uzaytirildi. 2000 y. 9 yanv.da u muqobillik asosida O’zbekiston Respu- blikasining Prezidenti etib qayta say- landi. O’zbekiston Respublikasi Kon- stitusiyasining 89 – va 93-moddalariga muvofiq, K. ayni vaqtda, O’zbekiston Re- spublikasi Vazirlar Mahkamasining ra- isi, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondonidir. K. O’zbekiston FA akad. (1994), shu- ningdek, iqtisod, fan, ta’limni rivoj- lantirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun o’ndan ortiq xorijiy mamlakat un-t va akademiyalarining faxriy fan dokto- ri, prof. hamda akad. ligiga saylangan. Uning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992), «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang» (1993), «O’zbekiston — bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» (1993), «biz- dan ozod va obod Vatan qolsin» (1994), «Istiqlol va ma’naviyat» (1994), «va- tan sajdagoh kabi muqaddasdir» (1995), «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavf- sizlikka tahdid, barqarorlik shartla- ri va taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Barkamol avlod orzusi» (1998), «kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998), «Olloh qalbimizda, yuragimiz- da» (1999), «ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz» (2000), «tinchlik uchun kurashmoq ke- rak» (2001), «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllan- tirishning asosiy yo’nalishlari» (2002) va b. asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy- siyosiy taraqqiyotning dolzarb masala- lari tadqiq qilingan, O’zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hoz. va istiqboldagi vazifa- lar ko’rsatib o’tilgan. Uning asarlari ingliz, rus, frantsuz, ispan, nemis, hind, Xitoy, Arab, koreys, turk va b. xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. O’bekiston xalqi istiqlol yil- larida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda K. nomi va faoliyati b-n bog’laydi. U sobiq sovet tuzumidan key- in paydo bo’lgan beqaror, notinch davr- da O’bekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo kila oldi, xalqi ol- diga millatni yuksaklarga ko’aradigan ulkan maqsad va vazifalar qo’ydi. K. O’bekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o’zgarishlarning tashab- buskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va mil- liy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. K. demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la ja- vob beradigan O’bekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolati- dir. U Markaziy hokimiyat va uning joy- lardagi bo’g’inlarini isloh qilish, dav- lat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan yangi siyo- siy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ish- lab chiqdi va amalga oshirdi. O’zbekiston xalqining o’ziga xos xususiyatlari hamda ilg’or jahon tajribalarini mujassam- lashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chikdi. Bu rivoj- lanish yo’li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, o’tish dav- rida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan ibo- rat 5 tamoyilni o’z ichiga oladi va u du- nyoda «o’bek modeli» deb e’tirof etilgan. K. rahbarligi va bevosita ishtirokida O’bekistan turli-tuman «sakrash» lar, «falaj qilib davolash» lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’ziga xos yo’ldan bordi va puxta o’ylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevori- ni qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mam- lakat neft va neft mahsulotlari, g’alla mustaqilligiga erishdi. O’zbekiston Respublikasida yuksak sifatli ol- tin va gaz qazib olish keskin darajada ko’paydi, i.ch.ning yangi sohalari, mas, avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. K. O’bekistan davlatining hududiy yax- litligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qo’shinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligi- dagi mustabid kuchlar O’zbekistonda ado- latsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda o’zbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy g’ururini tiklash- da fidoyilik namunasini ko’rsatdi. K. jahon siyosat olamida hamisha ilg’or fikrlarni ilgari suradigan, ta- shabbuskor, o’z nuqtai nazarini qat’iy himoya qilib, oldiga qo’yilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida ta- nilgan. U sobitqadamlik b-n tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelmoqda. K. yuksak xalqaro uchrashuv- larda birinchilardan bo’lib 21-a. vabo- si hisoblanmish terrorchilikka va u b-n chambarchas bog’liq narkobiznesa qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurli- gini, mazkur dahshatli tahdid manbala- rini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida «xavfsizlik kamari»ni shakllantirishga qaratilgan chora-tad- birlar tizimini yaratish kerakligini ta’kidlab keldi. Xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’-e’tiborini yuk- saltirish, uning qad. boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tani- tishda buyuk xizmat qildi. O’zbekiston BMTga a’zo bo’lib kirdi (1992 y., 2 mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalar- ga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat b-n diplomatik aloqa o’rnatdi, o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’ydi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa mamlakatlari o’rtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol den- gizi muammolarini jahon hamjamiyati ko’magida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari b-n xalqaro maydonda tanildi, o’z nufuziga ega bo’ldi. Jamiyatda ma’naviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos bo’lish, shu asosda milliy istiqlol g’oyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun ma’naviy qadriyatlarga hurmat- ehtirom b-n munosabatda bo’lish, ular- ni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa o’zining muqaddas dini, urf- odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sog’lom avlodni vo- yaga etkazish vazifalarini K. yurtimiz- da davlat siyosati darajasiga ko’tardi. K.ning 21-a. bo’sag’asida o’zbek Milla- tining o’zligini anglashi, uning qadr- qimmatini joyiga qo’yish, o’zbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qo’shgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlar- ning tafakkurini o’zgartirish, ular- ning ongida yangi milliy g’oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash mil- liy dasturini yaratish va uni amalga oshi- rishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufu- zini oshirish, vakolat va hukuklarini kengaytirish, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish tizimi sifatida uni har to- monlama qo’llab-quvvatlash tashabbusko- ri bo’ldi. K. yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulug’ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta o’rin tuta- digan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan o’zgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilmoqda. K. mustaqil O’zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokra- tik fuqarolik jamiyati qurish asosla- rini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi, yorug’istiqbol yo’lida xalqni birlashtirib, uni ulug’maqsadlar sari boshlab bormoqda. K. suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tin- chligi va milliy totuvlikni ta’min- lash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qo’shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko’rsatganligi uchun «Mustaqillik» (1996), Amir Temur (1998) ordenlari b-n taqdirlangan. Shu- ningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar- ning va nufuzli xalqaro tashkilotlar- ning orden va medallari b-n mukofot- langan. Ac: asarlar, 1-10-j.lar, T., 1996- 2002. Ad.: E’tirof [uzbek, ingliz, rus til- larida], T., 1995; O’zbekistonning yangi tari-XI, 3-j. [Mustaqil O’zbekiston ta- rixi], T., 2000; Islom Karimov — Uzbe- kistan Respublikasining birinchi Pre- zidenti (Fotoalbom; uzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998; Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Uzbekistan Prezidenti, T., 1996; Levitin L., Uzbe- kistan na istoricheskom povorote, M., 2001; Seriya Vojdi narodov — XX vek, M., 1996; Sharifxodjaev M., Formiro- vanie otkritogo grajdanskogo obtshestva v Uzbekistane, T., 2002; Amerikaga tash- rif — vizit v Ameriku, T., 2002.