Katta teatr
Katta teatr, Rossiya davlat akade- mik katta teatri —opera va balet san’a- ti sohasidagi Rossiyaning etakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan. 1776 y. Moskvada tashkil topgan. 1806 y.dan davlat teatri, 1919 y.dan «akademik teatr». K. t. tarixi rus musiqali teatrining rivojlanishi, rus opera va balet ijrochiligi san’ati – da milliy an’analarning karor topishi b-n uzviy bogliq. Dastlab ilk rus opera- lari (V. Pashkevich va b.) hamda Fapbiy Evropa kompozitorlari (J. Pergolezi va b.)ning mashhur asarlari qo’yilgan. K.t. rivoji va vokal-sahna san’ati ba- diiy-realistik omillarining shaklla- Nishida, ayniqsa M. Glinka va A. Dargo- mijskiy, keyinchalik, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov, A. Borodinlar- ning operalari tarixiy bosqich bo’ldi. P. Chaykovskiyning opera va baletlari ijrochilik madaniyati rivojida ulkan ahamiyat kasb etdi. G. Ulanova, M. Pli- seskaya, E. Maksimova, V. Vasilev, M. Liepa kabi balet ijrochilarining san’- ati K.t.ga katta Shuhrat keltirgan. Ope- ra xonandalik san’atiga N. Obuxova, I. Kozlovskiy, S. Lemeshev, I. Arxipova, E. Obraztsova, V. Atlantov, 3. Sotkilava va b. katta hissa qo’shgan. K.t. ijodiy hayotining ayrim bosqichlari o’zbek opera va balet san’a- ti rivoji b-n bog’liq. Jumladan, 20-y. lardayok, A. Nejdanova, L. Sobinov, A. Pirogov singari mashhur yakkaxonlar Toshkentda gastrolda bo’lgan. Keyincha- lik A. Baturin, P. Lisisian, A. Kriv- chenya va b. xonandalar, R. Struchova, M. Pliseskaya, N. Pavlova, M.Liepa kabi so- listlari Navoiy nomidagi opera va ba- let teatri spektakllarida bosh rollar- da chiqishgan. 1968 y. K.t. ijodkorlari O’zbekistonda gastrolda bo’lgan. Bundan tashqari M. Pliseskaya, N. Rijenko, V. Smirnov-Golovanov va rassom V. Leven- tal Toshkentda R. Shchedrinning «Anna Karenina» va yu. Papko U. Musaevning «Afsonalar vodiysi» (1977) baletlari- ni sahnalashtirishgan. K.t. sahnasida 1926 y.da M. Qoriyoqubov boshchiligidagi O’zbek kon- tsert-etnografik ansambli kontsertlar bergan, Navoiy nomidagi opera va balet teatri bir necha bor (1937, 1950, 1959, 1964, 1973, 1981, 1983, 1986 y.lari) o’z repertuaridagi spektakllarni namoyish etgan. K.t. truppasi u. Musaevning «Hind dostoni» baletini sahnalashtirgan (1981). K.t. binosi 1821-24 y.larda (me’mor O. Bove, V. Mixaylov loyihasi bo’yicha) qurilgan, 1853 y.da unga o’t tushib, 1856 y.da qayta tiklangan (me’mor A. Kavos); besh yarusli tomosha zali 2150 o’rinli, akustik jihatdan niqoyatda sifatli, 1961 y.dan K.t. spektakllari parallel ravishda Kreml s’ezdlar saroyida ham qo’yilmokda.