Kashmir
Kashmir — Osiyodagi, Hind da- ryosining yuqori havzasidagi tarixiy viloyat. Hududining bir qismini jam- mu va Kashmir shtati tashkil qiladi, bir qismi Pokiston nazoratida (1949 y. dan). K. qadimda va o’rta asrlarda Hindiston ya.o.da mavjud bo’lgan turli davlatlar (mas, mil.AV. 3-a.da Mauriya- lar imperiyasi, keyinchalik, mil.1-2-a. larda Kushon podsholigi) tarkibiga kir- gan. 8-12-a.larda K. Hindistonning eng muhim davlatlaridan biri edi. 1586 y. K. Boburiylar davlati qo’l ostiga o’tgan, 1756 y.uni afg’onlar, 1819 y. sikxlar bo- sib olgan. 1845-46 y. lardagi 1-ingliz- sikh urushida ingliz mustamlakachila- ri tomonidan zabt etilgan K. 7,5 mln. rupiya tovon badaliga Jammu rojasi Gulob Singx tasarrufiga topshirilgan (1846) va inglizlar uni Jammu va kash- Mir knyazligi maharojasi deb tan olgan. Ayovsiz ekspluatasiya, milliy va diniy kamsitishlar natijasida kashmirliklar bir necha bor qo’zg’olon ko’targan (ulardan eng yiriklari 1931-33 va 1946 y. larda ro’y bergan). 1947 y. avg.da 2 suveren davlat — Hindiston va Pokiston tashkil etilgach, har ikkalasi ham K.ni o’z hududiga qo’shib olish harakatiga tushdi. 1947 y. 22 okt. da Pokiston hududidan K.ga qurollangan Patan qabilalari bostirib kira bosh- ladi. Shunda maharoja Hindistonga murojaat qilib, undan yordam so’radi, shuningdek, u K. ni Hindiston Ittifoqi tarkibiga kiritishni ham iltimos qildi. Maharojaning yordam xususidagi iltimosi qondirildi, 1947 y. 27 okt.da esa K.ning Hindiston Ittifoqiga kiri- tilgani to’g’risidagi yorliq imzolandi. 1948 y. 1 yanv. da Hishshston BMT xavf- sizlik Kengashiga arz qilib, Pokiston- ni K.ga nisbatan tajovuz qilganlikda aybladi. 1984 y. 15 yanv.da Pokiston ham Hindiston ustidan BMT xavfsiz- lik Kengashiga arz qildi. Pirovardi- da xavfsizlik Kengashi 5 mamlakatdan iborat yarashtiruv komissiyasi tuzdi. 1949 y. 1 yanv.ga kelib K.dagi harbiy harakatlar to’xtatildi, 1949 y. 27 iyulda esa o’t ochishni to’xtatish chizig’i belgi- landi. Shunday qilib, K.ning g’arbiy va shim.-g’arbiy qismlari Pokiston nazo- ratida, uning qolgan (katta) qismi esa Hindiston tasarrufida qoldi. 1952 y. iyulida K. maharojasi va Hindiston o’rtasida «Dexli bitimi» deb ataluvchi bitim imzolanib, unga ko’ra, K. shtat huquqi b-n Hindiston tarkibiga kirdi (yana q. Jammu va Kashmir). 1956 y. 17 noyab.da K. Ta’sis Majlisi tomo- nidan K. Konstitusiyasi qabul qilinib, uning 3-moddasida K. «Hindiston Ittifoqining ajralmas qismi bo’lib qoladi» deb e’lon qilindi. Shunga ko’ra, Hindiston hukumati K.ning Hindiston tarkibiga kirishi xususidagi masala uzil-kesil hal etilgan, deb hisoblaydi. Pokiston hukumati esa o’shanda Jammu va K. shtatida bu hududning Hindiston yoxud Pokistonga qo’shilishi masalasi xususida referendum o’tkazishni qattiq turib talab qilgandi. K. masalasining bir necha marta BMTda muhokama etilishi va Xindi- ston b-n Pokiston o’rtasida olib bo- rilgan ikkiyoqlama muzokaralar (1955,1960,1962,1963) hech qanday nati- ja bermadi. 1965 y. sent.da Hindiston b-n Pokiston o’rtasida yuzaga kelgan qurolli nizo tinchliksevar mamlakat- larning faol sa’yi harakatlari tufay- li barham topdi. Hindiston va poki- ston rahbarlarining 1966 y. 4— 10 yanv. da Toshkentda uyushtirilgan uchrashuvida Hindiston-Pokiston munosabatlarini mo»tadillashtirish istiqbollariga yo’l ochib bergan Deklarasiya imzolandi (q. Toshkent Deklarasiyasi). 1971 y. dek.da Hindiston b-n Po- kiston o’rtasida yana qurolli nizo so- dir bo’lib, uning jarayonida K.dagi o’t ochishni to’xtatish chizig’i bir necha eri- da buzildi. 1972 y. 30 iyun — 3 iyulda Hindiston va Pokiston rahbarlarining Simlada o’tkazilgan kengashida bitim imzolanib, unga ko’ra, har 2 tomon o’rtada mavjud tortishuvli masalalarni tinch yo’l b-n hal etishni o’z zimmasiga oldi. 1972 y. avg.da Dehlida o’tkazilgan muzo- karalarda esa tomonlar K.dagi ilgarigi o’t ochishni to’xtatish chizig’i o’rniga yangi nazorat chizig’i belgilab oldi. Nazorat chizig’i demarkasiyasi 1972 y. dek.da har 2 tomon harbiy qo’mondonligi vakillari tomonidan tugatilgan. Shunday bo’lsada, Pokiston K.ni o’z hududiga qo’shib olish da’vosidan hanuz voz kechgan emas. Ad.: Stepanov Ya., Konflikt v in- dostane i soglashenie v Tashkente, M., 1966; Gopalsingx, Geografiya Indii, M., 1980; Sdasyuk G.V., Shtati Indii, M, 1981. Temur G’iyosov.