Ko’chmanchilik

Ko’chmanchilik — chorvachilik- ning maxsus shakli va bunday xo’jalik b-n hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. «K» atamasi ba’zan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va terimchilik b-n kun kechi- ruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yo’sini ma’nosida ham talqin etiladi (mas, Avstraliya aborigenlari, Amerika indeyslari va b.). Yovvoyi hayvon turlarini xonaki- lashtirish (Osiyo, shim. Afrika va Jan. Evropada) neolit (yangi tosh) davri ovchi va terimchi jamoalari hayotida yuzaga ke- ladi. Mil. AV. 4 – va 3-ming yilliklarda (eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirg’oq mintaqalarda, tog’oldi hududlarda, jilg’alar va Daryo adoklarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik b-n birga olib boriladigan o’troq va yarim o’troq xonaki chorvachilik xo’jaligi shakllanadi. Asr- lar osha chorva boshlarining ko’payishi va chorvachilik xo’jaligining kengayib borishi b-n tog’yaylovlari va dashtu bi- yobon o’tloqlari o’zlashtiriladi. Chorva mollarini keng maydonlarga tomon xay- dab o’tlatish b-n chorvachilikning yangi shakli — podachilik — yaylov chorvachili- gi paydo bo’ladi. Podachilikning o’ziga xos xususiyat- lari (podani yaylovga haydash, o’tlatish, suvlatish, qo’riqlash, qirqim va h.k.) chorva xo’jaligining erkaqlar ixtiyoriga o’tishiga va uni ma’lum darajada ixti- soslashib borishiga olib keladi. Poda- chilik b-n dastavval yirik va mayda shox- li hayvonlar (qoramol, qo’y, echki poda va otarlari hamda yilqi uyurlariyu, tuyalar) aralash boqilgan bo’lsa, keyinchalik esa yaylovga, asosan, mayda shoxli hayvonlar, yilqi va tuyalar haydalgan. Chunki ko’chma chorvachilikka qo’y va echkilar ko’proq moslashib, so’ngra yilqichilik va tuyachi- lik paydo bo’lgan. Mil.AV. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning tog’oldi hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi o’troq va yarim o’troq qabilalarning bir qismi hayotida yarim K. va K. turmush tarzi shakllanib, ko’chma chorvachilik xo’jaligi muqimlashadi. Mil.AV. 1-mingyillikda esa, K. ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Mil. AV. 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chor- vador podachi jamoalarining moddiy- madaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-Bog’yop), Zarafshon vodiysi (Urgut, Kattaqo’rg’on)da, Farg’ona vodiysi (Vo- dil va Karomko’l) da, Toshkent vohasida (Achiko’l) topib o’rganilgan (q. Androno- vo madaniyati, Tozabog’yop madaniyati). O’rta Osiyoning qad. ko’chmanchilari va chorvachilik to’g’risida yozma manba- larda (Avesto, yunon muarrixlari Gero- dot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) ko’pgina qiziqarli ma’- lumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati — qalin qor b-n qoplangan tog’lari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qo’y- qo’zilari ta’riflanib, cho’pon — «xshu- Pan» nomi b-n alohida tabaqa vakili sifatida ulug’lanadi. Chorvachilik «ezgu amal» deb ta’riflanib, «chorvani» vo- diylarda qo’ralarda saqlash, «yirik va mayda shoxli mol ko’p o’g’it bersa, o’sha er aziz» degan satrlarda chorvachilik- ning hayotiy mohiyati borasida olqishli so’zlar yuritiladi va bunday xo’jalik ezgu amal sifatida targ’ib etiladi. Gerodot Pont Evksin (qora dengiz) bo’ylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning ko’chmanchi chorvadorlari, mas- saget qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa Hunnu, syanbi, usun va b. ko’chmanchilar to’g’risida tari- xiy tafsilotlar keltiriladi. Tabiiy sharoitga qarab K. turli shak- lda amalga oshiriladi. Yozma manbalarda berilgan tasniflarga qaraganda, o’rta asrlarda ko’chmanchi chorvadorlar o’z po- dalarini dashtliklar bo’ylab bahorda Uglov uchun Jan.dan shim.ga va ko’zda esa qishlov uchun shim.dan Jan.ga tomon haydaganlar (mas, o’tmishda qozoqlar va b.). Ayrim ko’chmanchi qabilalar (mas. arablar, o’g’uzlar, mo’g’ullar va baluj- lar) dashtliklarda qish va bahorgi yog’ingarchiliklardan hosil bo’lgan qoqlar — ko’lmaqlar hamda karvon yo’llar va yaylovlarda maxsus kavlangan quduklar oralab yoki ayrim suvloqlar atrofida ko’chib yurganlar. Ko’chmanchi chorvadorlar- ning 3-guruhi esa (kurdlar, pashtunlar, hazoralar, nuristoniylar va qirg’izlar) yozda vodiylardan tog’yaylovlariga, ko’zda esa, aksincha, tog’yon bag’irlaridan vo- diylarga tomon ko’chganlar. Shubhasiz, yaylovlarga ko’chib borib o’rvashish, chorva mollarini birgalikda o’tlovlarga yoyish chorvador urug’-aymoqlarni birlashti- rib, ular o’rtasida qabila va qabilalar Ittifoqi uyushmasini shakllantirgan. Garchi yaylov chorvachiligi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholining asosiy mashg’uloti hisoblansada, K. xo’jaligida qo’shimcha ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham ma’lum darajada o’rin tutgan. Ayrim qabilalarning yarmi ko’chib yursa, yarmi o’troq yashagan. Ib- tidoiy dehqonchilik, odatda, chorvachi- lik va ovchilik b-n birga qo’shib olib borilgan. O’rta Osiyoda yashagan saqlar, hunnularning bir qismi va qad. tur- klar va b. chorvadorlar ma’lum darajada dehqonchilik b-n shug’ullangan. Ko’chmanchilar hayotida, ayniqsa, hunarmandchilik taraqqiy topgan edi. Arxeologik topilmalar va yozma man- balarning guvohlik berishicha, sak- massaget qabilalar o’rtasida misgarlik va zargarlik yuqori darajada bo’lib, fanda «hayvon tasvirlari naqqoshligi» nomi b-n Shuhrat topgan o’ziga xos yuk- sak san’at uslubi keng tarqalgan. Ge- rodotning yozishicha, massagetlar mis va oltindan qurol-yarog’lar, ot anjomlari, idish-tovoqlar, Zebi-ziynatlarni yasash- ni, shuningdek, tilla va kumush bezaqli naqshinkor bosh kiyimlar, kamar va belbog’lar kabi zardo’zlik buyumlarini tikishni bilishgan. O’rta asr yozma manbalarida ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi «sahronishin» — saxroyi, «dashtnishin — dashtlik va «ko’hnishin» — tog’lik shakllaridagi ata- malar b-n tilga olinadi. Yozgi va qishki yaylovlarning yaqinroq masofada joy- lashgani chorvador qabilalarning ma’- lum qismi uchun yarim o’troq va yarim K. b-n kun kechirishga hamda yordamchi xo’jalik sifatida ibtidoiy dehqonchilik b-n ham shug’ullanishga imkon bergan. Bunday chorvador aholi qishlov uchun xashak tay- yorlab jamg’arishni ko’zlab ko’chma boshpa- nalar b-n bir qatorda doimiy turar joy- lar ham barpo etgan. K. xo’jaligining asrlar davomida kengayib borishi b-n chorvador aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida fanda «dasht yo’li taraqqiyoti» nomi b-n talqin etilgan o’ziga xos rivojlanish so’qmoqlari shakllangan. Bunday yuksa- lish yo’nalishining in’ikosi ko’chmanchi chorvadorlarning moddiy madaniyati va ma’naviyatida o’z aksini topgan. K. xo’jaligining kengayishi va chor- va boshlarining ortib borishi b-n ko’chmanchi aholi o’rtasida mulkiy teng- sizlik va ijtimoiy tabaqalanish yuza- ga keladi. Ko’chmanchi qabilalarning umum mulki hisoblangan chorva molla- ri b-n bir katorda xususiy chorva paydo bo’ladi. Garchi yozgi va qishki yaylovlar hamda suv manbalari (quduq va qoklar hamda Daryo va ko’l yoqalarida joylash- gan suvlotlar) urug’va qabilalarning umumiy mulki hisoblansada, biroq qo’ra-qo’ra molu, otar-otar ko’yu echkilar va uyur-uyur yilqilar urug’va qabila boshliqlarining shaxsiy mulkiga aylan- tiriladi. Mas., mil.AV. 3-a. — mil. 4-a. larda Sirdaryo havzasining o’rta qismida tashkil topgan Qang’davlatinmng jabg’ulari o’z chorva mollarini Taloe yay- lovlaridan Sarisu va Chu daryolarining etaklari tomon haydasa, qish faslini Ohangaron vodiysida o’tkazgan. K. xo’jaligi va urug’-aymoklar hamda el-yurt «biy» — urug’oqsoqoli, «yabg’u» — qabila boshlig’i, «bek» va «xoqon» — ulus va yurt hukmdori tomonidan boshqarilib, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning o’ziga xos dav- lat boshqaruvi tizimlari shakllanadi (q. Hunlar, Turk xoqonligi). Ko’chmanchi chorvadorlar urtasida urug’-aymoqchilik udumlari nihoyatda kuchli bo’lib, o’zga yurtlarga chopqunlar qilish, aholisining bir qismini qul qilib haydab ketish va sotish odatiy hodisa bo’lgan. Shu sababli ko’chmanchilarda qulchilikning patriar- xal shakli asrlar mobaynida saqlanib, uning qoldiqlari qariyb 20-a. boshlari- gacha etib keladi. K. xo’jaligining o’ziga xos xusu- siyati tufayli chorvadorlar hech qachon o’troq xalqlardan ajralgan holda hayot kechirmagan. Tarixning barcha davrlarida hayotiy zarurat ko’chmanchi chorvadorlarni o’troq dehqon aholi b-n ham iqtisodiy va siyosiy, ham madaniy jihatdan o’zaro uz- viy bog’lab turgan. Ko’chmanchi qabilalar b-n o’troq aholi o’rtasidagi o’zaro mu- nosabatlar kadimdan vujudga kelgan. Ko’chmanchi xo’jaligida hayotiy zarur bo’lgan barcha vosita va mahsulotlarning etishmasligi oqibatida yuzaga kelgan muhtojlik, shuningdek, o’troq aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ta- labi ular o’rtasida mol ayirboshlashni yuzaga keltirgan. Asrlar davomida o’zaro iqtisodiy aloqalar kengayib, dashtli- klar b-n dehqonchilik vohalari chegarala- rida esa tashqi savdo bozorlari vujudga kelgan. Ayrim yillarda esa, qishning qahraton, bahor mavsumining qurg’oq kelishi va yaylovlarda mollarning qirilib ketishi oqibatida ko’chmanchilar dehqonchilik vohasiga kirib kelib, jon saqlagan. Ko’chmanchi qabilalar b-n o’troq aholi o’rtasidagi tinchlik mu- nosabatlar ko’pincha bo’zilib, o’zaro to’qvashuvlar sodir bo’lgan. Ko’chmanchilar doimiy ravishda dehqonchilik vohalari va qishloqlarga hujum qilib turganlar. Shahar va viloyatlarni bosib olib o’z si- yosiy hukmronligini o’rnatganlar (mas, Eftaliylar, mo’g’ullar istilosi va b.). Chorvador qabilalarning yirik Ittifoqi asosida vujudga kelgan muvaqqat «ko’chmanchi xoqonliklar» o’troq aholini bo’ysundirib, dehqonchilik vohalarini zabt etgach, o’rta asrlarning qudratli mustabid saltanatliklar- ga aylangani tarixda kam emas (Arab xalifaligi, O’rta Osiyo, Eron va b. hududlarda tashkil topgan mo’g’ul dav- latlari shular jumlasidandir). Biroq o’troq dehqonchilik b-n taqqoslaganda K. xo’jaligi nihoyatda sust rivojlanib, ijtimoiy munosabatlarning o’sishiga imkon bermagan. Buning ustiga i.ch. qurollarini takomillashtirilmasligi, hayotiy nozu ne’matlarni yaratish imkoni- yatlarining cheklanganligi, xo’jalikning ma’lum darajada noto’g’ri ekani hamda muqim o’troqlikning mavjud emasligi oqibatida K. xo’jaligi qoloq va turg’un hayotiy uslubga aylanib qolgan edi. Bun- Day umrboqiy holat, shubhasiz, ko’chmanchi xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga olib kelgan. 20-a. boshlarida chorvachilik b-n shu-g’ullangan hamda patriarxal urug’- aymoqchilik munosabatlari saqlanib qolgan qozoqlar, qirg’izlar, turkman- lar, shuningdek, oltoyliklar va Kavkaz- dagi bir qancha xalqlar ham K. yoki yarim K. b-n kun kechirganlar. Hoz. vaqtda ham Markaziy Osiyo, yaqin Sharq va shim. Afrika hududlarida ko’chmanchilarning kattagiva guruhlari (mo’g’ullar, arablar, balujlar, kurdlar va b.) yashamoqdalar. 20-a.da zamonaviy transport vositala- rining ko’chmanchilar hayotiga kirib bo- rishi, qo’riq erdarning o’zlashtirilishi va yaylovlarning tobora qisqarishi b-n ko’ch-manchi chorvadorlarning tarixiy udumlari va an’analari ma’lum daraja- da o’zgarib, ularda o’troqlashuv jarayoni kuchaydi. Ad.\ Karimov I. A., Tarixiy xoti- rasiz kelajak yo’q, T., 1998; Gumilyov L. N., Xunnu, Sankt-Peterburg, 1993; Gu- milyov L. N., Drevnie tyurki, M., 1972; Muhammadjon o v A. R., O’zbekiston ta- rixi, T., 1999; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993; Shoniyozov K.,Qang’ davlati va qang’lilar, T., 1990; Shoniyozov K., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999. Abdulahad Muhammadjonov.