Kutubxona

Kutubxona — bosma va ayrim qo’lyozma asarlardan ommaviy foydala- nishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar to’plash, saqlash, targ’ib qilish va kitobxonlarga etkazish, shu- ningdek, axborot-bibliografiya ishlari b-n shug’ullanadi, ommaning madaniy sa- viyasini oshirishda faollik ko’rsatadi. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish K.ning asosiy faoliyati bo’lib, qolgan barcha FA- oliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga etkazish qabilar) aso- siy faoliyat uchun xizmat kiladi. Kitob- xonlarga xizmat ko’rsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga bo’lgan talablarini imkon boricha to’liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yor- dam berishdan iborat. Har bir K. o’z tu- riga ko’ra kitobxonlarni tabaqalarga bo’lib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat ko’rsatishni tash- kil qiladi. Adabiyotlar targ’ibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar ta- labini imkon qadar to’liq va tezkorlik b-n qondirishga qaratiladi. Yozuvning paydo bo’lishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qo’lyozma va keyin- chalik bosma kitoblarning ko’payishi K.larning yuzaga kelishi va rivojlani- shiga sharoit yaratdi. K.lar yozma yodgorli- klarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo bo’lgan. Mil. AV. 2-ming y.likda sopol bitiklari saqlangan K.lar bo’lgan. Mil. AV. 7-a. o’rtalarida Sharqdagi ko’p saroylarda, qad. Misr va Rim ibodatxonalari qoshida K.lar bo’lgan. Qad. davrdagi K.lardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) ku- shubxonasidir. G’arb. Evropada ilk o’rta asrlarda movastr va ibodatxonalar qoshida K.lar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixti- ro qilinishi K.lar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonva, Gey- delberg un-tlari qoshida, shuningdek, Vatikan K., Parijdagi Kirollik K. kabi K.lar paydo bo’la boshladi. O’zbekiston hududida mil. AV. 1-ming yillikning so’nggi asrlarida dastlab- ki K.lar paydo bo’lgan. Dastlabki K.lar hukmdorlar saroylarida va ibodatxo- nalarda tashkil etila boshlangan. Tu- Ron xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qo’shni bo’lgan xalqlar b-n yaqin aloqalar o’rnatgan, o’sha davrlarda- gi mavjud qo’lyozmalar b-n ham tanish bo’lgan. O’zbekiston xalqlarining qad. yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beru- niyning xabar berishicha, kitob xazi- nalari va ularni saqlovchilar turli is- tilolar davri (7-9-a.lar)da yo’q qilib yuborilgan. 9-10-a.larda O’rta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va b. yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida K.lar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoroda ko’p K.lar mavjud bo’lganli-gi haqida ma’lumotlar bor. Ulardan eng mashhuri, eng boy va yirigi Somoniylar sulo- laviy K.si edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham K.lar bo’lgan. Mo’g’ullar is- tilosi arafasida Marv sh.da 10 ta yirik K. bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. 13-a.da Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Balx va b. shaharlar madaniyat markaz- lari, olimlar to’planadigan joy bo’lib, ularda yirik K.lar mavjud edi. 14-a.ning 2-yarmidan O’rta Osiyoda madaniy hayotning yangidan yuksalishi K.larning qayta tiklanishida ham namo- yon bo’ddi. 14-a. oxirida Shayx Muhammad Porso umum uchun ochgan maskan vaqf K.si tarzida 19-a. 40-y.larigacha faoli- yat ko’rsatgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva va b. shaharlardagi katta madrasa- larda K.lar bo’lgan, ularning fondlari madrasaning qad. va nufo’ziga qarab tur- licha bo’lgan. Ba’zi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy, Ibn Sino, Firdavsiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom qabilarning shaxsiy K.lari, Alisher Navoiyning qimmatbaho qo’lyozmalarga boy yirik K.si, Abdurahmon Jomiy- ning shaxsiy K.si mashhur bo’lgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Buxoroda 3 ta eng boy shaxsiy K. bo’lib, ulardan qozi Muhammad Sharif Sadr Ziyoning K.si bizgacha to’liq saqlanib qolgan. 20-a. boshlarida mahalliy o’zbek va rus ziyo- lilari general Jo’rabek, Dukchi Eshon nomi b-n mashhur Muhammadali xalfa Sobir o’g’li, V. L. Vyatkin, vrach g. M. Se- menov, Abdurauf Fitrat va b.ning shax- siy K.lari bo’lgan. 20-a. 10-20-y.lari Turkiston hududida 2 ta xalq K. si, bir necha shahar K.lari va b. mavjud bo’lgan. Mahalliy aholi vakillari milliy yo’nalishdagi 2 ta K. va madrasalar huzuridagi K.lardan foydalangan. Shu K.lar o’z davrida dav- lat K.sini tashkil etishda asosiy negiz bo’lib xizmat qildi. Hozirda ommaviy, ilmiy va maxsus K.lar tizimi shakllan- gan va faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’zRda K.ning ommaviy, ilmiy va Max- sus turlari bor. Ommaviy K.lar adabi- yotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga etkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga mo’ljallangan kitoblarni targ’ib qilish va o’qishni boshqarishda faol va ta’sirchan usul- larni qo’llaydi. Bu guruhga O’zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi shahar va qishloq K.lari, kasaba uyushma- larining korxonalardagi K.lari, klu- blar, madaniyat uylaridagi K.lar kiradi. Ilmiy va maxsus K.lar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxas- sislarga xizmat ko’rsatadi, shuningdek, oliy va maxsus o’quv yurtlari talabala- rining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy K.larga yirik davlat, akademiya, un-t va tarmoqlar K.lari; maxsus K.larga texni- ka K.lari, muassasalar, ilmiy tadqiqot in-tlari, oliy o’quv yurtlari va h.k.dagi K.lar kiradi. Saqlanayotgan adabiyot- lar tarkibiga qarab K.ni universal, ko’p sohali va soha K.lariga ajratish mumkin. K.lar o’z navbatida, faoliyati, mintakaviy darajasiga, mansubligiga qarab yana turlarga bo’linadi (milliy K., davlat K.si, viloyat K.si, o’smirlar K.si, qishloq xo’jaligi K.si va b.). Fan- texnika taraqqiyoti sharoitida alohida K. kitobxonlarning talablari- ni qondirishga qodir emas. Shuning uchun K.larni birgalikda faoliyat ko’rsatish jarayoni ko’zatilmoqda. Bu K. tarmoqlarini markazlashtirishda namo- yon bo’lmoqda. Har qanday K.ning asosiy vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu K.ga kerakli nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni K.ga olish kutubxona kol-lektori orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Yi- rik K.lar bosma nashrlarning to’liq yoki qisman nazorat nusxasini olish xuquqiga ega, shuningdek, ular uchun mamlakat ichi- da va chet mamlakatlardan kitoblar sotib olish imkoni yaratiladi. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish darajasi K. fondini to’liq to’plashga birmuncha bog’liq. Kitob fondini to’g’ri tashkil qilish (hisobga olish, joylashtirish, saqlash va kitobxonga etkazish) kitobxonga ada- biyotdan foydalanishni, kutubxona-chiga esa kitobxonga tez xizmat ko’rsa-tishni, fondni ijtimoiy mulk sifa-tida saqlashni ta’minlaydi. Kitobxonga xizmat ko’rsatishning turli yo’llari mavjud: kitobxonga Abo- nement, qiroatxona hamda ko’chma K. orqali kitob berish; ayrim kitobxon va korxonalarga kitob tanlashda yordam be- rish; kutubxona katalogi tizimi orqali kitob fondini yoritish; turli xil axbo- rot-bibliografiya qo’llanmalari tuzish va h.k. Zavonaviy ilmiy texnika taraqqiyoti K.lar ishini murakkablashtirmoqda. Ko’gtlab bosma asarlarni i.ch.ning beqiyos darajada o’sishi K.lar oldiga ko’p hajmdagi nashrlarni tanlash, saralash va Oqilova saqlash, kompyuterdar vosi- tasida izlab topish va tezda kitobxonga etkazish masalalarini ko’ndalang qo’yadi. K.lar faoliyati sharoitidagi o’zgarishlar avvalgi sermehnat an’ana- viy K. texnikasini mexanizasiyalash va AV-tomatlashtirish b-n almashtirish vazifasini dolzarb qilib qo’ymokda. 50— 60-y. lardan K.larni texnika b-n ta’minlash birmuncha o’sdi. Ayrim K. ichki jarayonlari (yirik K.larda ko’p kitoblarni harakatlantirish) kon- Veyer va ko’targichlar yordamida amalga oshiriladi, kitob fondlaridan bir- galikda foydalanishda zavonaviy US- lublarni qo’llash, eng yangi texnika (jumladan, EHM)dan foydalanish va b. qo’llanilmokda. Yangi K. anjomlari joy- lardan unumli foydalanishni, kutubxo- nachi mehnatining unumdorligini oshi- rishni ta’minlamoqda, kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini engillash- tirishga yordam bermoqda hamda i.ch. este- tikasi talablariga to’liq javob beradi. Zavonaviy texnika kutubxonachini qo’l mehnatidan ozod etib, uni asosiy va- zifasi — kitobxonlar b-n madaniy tar- biyaviy ishlar olib borishga ko’proq vaqt ajratishga imkon yaratmokda. Dunyodagi eng yirik K.lar: AQShning Kongress K.si (Vashington), Britaniya K.si (lon- don); Frantsiya, Avstriya, Shvesiya, Yaponiya va b. mamlakatlarning milliy K.lari, Rossiyadagi Rossi davlat K.si (Moskva), Rossiya milliy K.si (Sankt-Peterburg) va b., O’zbekistonda O’zbekiston milliy kutubxonasi, O’zbekiston faning aso- siy kutubxonasi, O’zbekiston milliy un-tining asosiy kutubxonasi, «Turon» kutubxonasi va b. Ad.: O’zbekistonda kutubxonachilik itshi, T., 1989; Qosimova O., O’zbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi, T., 1992; Oxunjo-Nov E. O., Turkistonda O’rta asr kutubxonachilik va bibliografiya ishla- ri mada-niyati, T., 1994. Mirali Maxmudov.