Kutubxona katalogi

Kutubxona katalogi – bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, xujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar ro’yxati. K. k. kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida bo’lishi va elektron disklar yoki kitob holida ko’paytirilib sakdanishi mumkin. K. k. kutubxona fondini to’la yoritish, kitob- xonlarning osonlik b-n kitob tanlashla- riga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni singdirish hamda ularni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash- ga xizmat qiladi. Bosma asarlarning turlari, mavzu- ning rang-barangligi hamda kitobxon- lar talablaridagi xilma-xilliklar K.k.ning murakkab tizimini yaratishni taqozo etadi. K.k. tuzishning nazariy va uslubiy asoslarini i.ch. kutubxonashu- noslikning asosiy vazifalaridan biri- dir. K.k. vazifasiga ko’ra, kitobxonlar (ma’lumot-tavsiya beruvchi) va kutubxo- nachilarga mo’ljallangan yor-damchi kata-loglarga bo’linadi (yordamchi kataloglar eskirgan, juda kam talab etiladigan asarlarni ham o’z ichiga oladi). Materi- allarni guruhlashda K.k. alfavitam, si- stemali, predmetli va b.ga bo’linadi. Alfavitli K. k. barcha kutubxonalar- ning majburiy kataloglaridan biri, unda asarlar muallifining nomi, na- sabi, asarlarning sarlavhalari alfa- vit tartibida beriladi. Sistemali K.k. asarlar mazmuniga asoslanib fan tarmoqlari bo’yicha guruhlanadi: unda kitoblar mantiqiy bo’linish tartibida (umumiydan xususiyga qarab) — ilmiy fanlar, bo’limlar, bo’linmalar va h.k. bo’yicha joylashtiriladi. Sistemali K. k. kitob mazmunini ochib berish b-n birga, uning tarmoq bo’linishlarini ham hisobga oladi va ko’pgina fanlar- ni bir tarmoq nuqtai nazaridan bir joyga to’plash imkoniyatini yaratadi. Bu katalog maxsus ishlangan tayyor jad- val («Kutubxona-bibliografiya klassi- fikasiyasi jadvali») asosida tashkil qilinadi. Predmetli K.k.da asarlarda bayon qilingan voqea-hodisalar, tushun- chalar sohalar bo’yicha emas, balki al- favit tartibida joylashtiriladi, ma- teriallarni alohida guruhlanishi b-n sistemali K. k.dan farq qiladi; uning afzalligi bo’limlarni alfavit tarti- bida joylashtirilishi tufayli dolzarb muammolarni tezda yoritish va ulardan foydalanishga imkon tug’diradi hamda ma’lumotnomali axborot berish vazifa- sini bajaradi. Har bir kutubxonada alfavitli va sistemali K.k., shuningdek, gaz.-jur. maqolalari kartotekasi bo’lishi lozim. Predmetli K. k. ilmiy va maxsus kutub- xonalarda qo’llaniladi. Respublika, o’lka, viloyat kutubxonalarida adabiyot- lar va shu joylar b-n bog’liq materiallar bo’yicha K. k. tuziladi, bunday kataloglar o’lkashunoslik katalogi, mahalliy matbu- ot katalogi deyiladi. Kutubxonalarning axborot berish vazifalari va kutubxona- lararo abonementlarning ko’payishi b-n bir necha mustaqil kutubxona fondlari- ni ifodalaydigan qo’sh m a K. k. (ko’pincha hududiy yoki fan tarmoqlariga ko’ra) tu- ziladi. Respublikada K. k.ning markaz- lashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Jumladan, ommaviy kutubxonalar uchun mo’ljallab nashr etilayotgan barcha Kito- blarda ularning katalogga tushirilgan kartochkalaridagi belgilari berib bori- ladi; O’zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi tomonidan bosma kartoch- kalar tarqatiladi. Ad.: Kutubxona kataloglari [g. I. Chijkova tahriri ostida], T., 1988. Ziroat Iig’matova.